Kontent qismiga oʻtish

Iqtisodiy tizim

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Iqtisodiy tizim – iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va isteʼmol jarayonida paydo boʻladigan asosiy iqtisodiy munosabatlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo boʻlgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yoʻli bilan mustahkamlangan normalar majmui. I.t. doirasida iqtiso-diyot subʼyektlari, i.ch. omillari oʻzaro munosabatga kirishadilar va bu muno-sabatlar maʼlum qonun-qoidalarga binoan boshqariladi. I.t. faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir kator vo-sitalar yordamida tashkil qilinadi.

I.t. masalasiga qarashlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Jahon iqtisodiy adabiyotlarida xoʻjalik-iqtisodiy tizimlarni i.ch. vositalariga egalik shakli va iqtisodiy faoliyat muvofiklashtirish va boshqarish usuliga koʻra tasniflash koʻproq tarqalgan. XXI asr boshlaridagi qarashlarda I.t.ni baholashda moddiy-ashyoviy va ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar birgalikda qoʻllanadi, I.t.ning eng muhim bir qator belgilari taʼriflanadi. Ularga jamiyatdagi iqtisodiy resurslar tavsifi; texnika va texnologiya darajasi; i.ch. harakteri; yaratilgan mahsulot va xizmatlar tarkibi; iqtisodiy munosabatlar tabiati; iqtisodiyotni boshqarish usuli; iqtisodiy siyosat mazmuni kiradi.

Turli qarashlarda insoniyat jamiyati tarixida 3,5 va hatto 7 ta I.t. boʻlganligi qayd etiladi. Ortodoksal, yaʼni marksistik nazariya I.t.ni tavsiflashda ijtimoiy-sinfiy jihatdan yonda-shadi. Mulkchilik shakli, ekspluatatsi-yaning borligi yoki yoʻqligi, sinflarning iqtisodiyotdagi mavqei bosh mezon qilib olinadi. Ularga tayangan holda I.t. ishlab chikarish usuli deb ataladi. Marksizmga koʻra, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm kabi I.t.lar bor, ularning biri-ikkinchisiga oʻrin boʻshatib beradi, ular ketma-ket oʻrin almashadi, eng mukammal va soʻnggi I.t. kommunizm deb ataladi. Marksizmga muqobil taʼlimotlarda I.t.ga texnologik va i.ch.ning harakteri, i.ch.ning industriyalashuvi jihatidan qaralgan va baho berilgan. Taraqqiyot bosqichlari nazariyasiga koʻra, ham 5 ta I.t. yoki bosqich mavjud: anʼanaviy jamiyat bosqichi; parvoz uchun shartsharoit hozirlash davri; parvoz davri; yetuklik sari harakat davri; ommaviy va yuksak isteʼmol davri. Bu bosqichlar ham oʻzaro ketma-ketlikda oʻrin almashadi. Baʼzi bir qarashlarda agrar, industrial va informatsion iqtisodiyot davrlari qayd etiladi.

Koʻpchilik tadqiqotchilar anʼanaviy, bozor va maʼmuriy-buyruqbozlik I.t. lari borligini asoslaydilar.

Anʼanaviy I.t. belgilari: qoʻl mehnati va tabiat kuchlaridan oddiy usulda foydalanish, gʻoyat kam unumli texnologiyaning mavjudligi i.ch.ning agrar harakteri, iqtisodiyotning asosiy tayanchi ekstensiv yuritiladigan qishloq xoʻjaligi; sanoatning hunarmandchilik va xonaki sanoat shaklida mavjudligi; iqtisodiy biqiklik, yaʼni xujalik avtarkizmi; iqtisodiyot biqiq boʻlganidan mahsulotlar, asosan, oʻz is-teʼmoli uchun yaratiladi, ularni ehti-yojdan ortib qolgan qismigina ayirboshlanadi. Xoʻjaliklar natural isteʼ-molchi boʻlganidan kamdan-kam hollarda bozor bilan aloqa oʻrnatadilar, oʻzini-oʻzi taʼminlagani sababli ular uchun pulning ahamiyati boʻlmaydi; oʻzaro iqtisodiy aloqalar xoʻjalikning ichida yoki mahalliy kichik hudud doirasida anʼanaviy qoidalarga, urf-odatlarga koʻra, amalga oshadi; iqtisodiy faoliyat jamoa va yakka xususiy mulkka asoslanadi; aholi turmush darajasi past boʻladi.

Bozor iqtisodiyoti tizimi belgilari: yuksak zamonaviy texnologiyaning mavjudligi; i.ch.ning industrial harakterda boʻlishi, iqtisodiy taraqqiyotda axborotning oʻrni va ahamiyatining yuqoriligi; i.ch.da servis – xizmat koʻrsatish sohasi rolining ortib borishi; iqtisodiy oʻsishning intensiv usuli ustuvorligi; iqtisodiyotning ochiq boʻlishi, uning bozor aloqalariga tayanishi; turli xil mulkchilik boʻlgani holda xususiy mulkning yetakchi oʻrinda bulishi; iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishga egaligi; aholi turmush darajasining yuqoriligi; iqtisodiyotga siyosatning kuchli taʼsir koʻrsatishi; iqtisodiyotning globallashuvi.

Maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi belgilari: mashinalar tizimiga asoslangan texnologiyaning boʻlishi, lekin uning past darajasi, i.ch.ning industrial-agrar harakteri; iqtisodiyotning yopiq boʻlishi; davlat mulkining hukmronligi, jamoa mulkining bu mulk qo'shimchasiga aylanishi, xususiy mulkning taqiqlanishi; iqtisodiyotning bir markazdan turib rejalashtirilishi, reja topshiriqlarining majburiyligi; resurslar va mahsulotlarning yagona reja asosida taqsimlanishi; iqtisodiy stimullar zaif boʻlgani holda siyosiy maʼnaviy stimullarga ustuvorlik berilishi; iqtisodiyotning taqchilli boʻlishi, aholi turmush darajasining iqtisodiy salohiyatga nisbatan past boʻlishi, uning gʻoyat sekin oʻsishi.

Evolyutsion tarixiy rivojlanish natijasida anʼanaviy I.t. bozor tizimiga aylanadi, uni revolyutsiyaviy yoʻl bilan yoʻqotish natijasida zudlik bilan maʼmuriy-buyrukbozlik tizimi oʻrnatiladi, u oʻzini oqlamaganidan qaytadan bozor tizimiga oʻtish yuz beradi. Shunday oʻtish jarayonida transformatsiyalashayotgan, yaʼni o'tish xolatidagi I.t. yuzaga keladi. Bu tizimning asosiy belgisi rejali maʼmuriy-buyruqbozlik tizimining bozor tizimiga aylanib borishidir. Bu jarayonda bozor isaohotlari muhim o'rinda turadi.

Bu tizim koʻp ukladli boʻlib (qarang Koʻp ukladli iqtisodiy tizim), uning qanchalik uzoq saqlanishi oʻtish davrining naqadar uzun yoki qisqa boʻlishiga bogʻliq.

Ahmadjon Oʻlmasov, Neʼmat Xolmatov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil