Iqtisodiy rayon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Iqtisodiy rayon, iqtisodiygeografik rayon — tabiiy va iqtisodiy sharoitlari bir xil va xalq xoʻjaligi tarixan tarkib topgan, ixtisoslashgan ishlab chiqarishga ega boʻlgan hudud; mamlakatning hududiy-ishlab chiqarish maj-muidan iborat bir qismi. Har bir Iqtisodiy rayon oʻzining yetakchi, asosiy xoʻjalik tarmoqlariga ega boʻlib, bu tarmoqlar Iqtisodiy rayonning iqtisodiy qiyofasini belgilaydi, ayni paytda, har bir Iqtisodiy rayonda shu rayonning yetakchi xoʻjalik tarmogʻiga xizmat qiladigan, uni toʻldiradigan yordamchi tarmoqlar ham boʻladi. Iqtisodiy rayondagi asosiy omil hududiy ijtimoiy mehnat taqsimotidir. Shu taqsimot tufayli ayrim rayonlar ishlab chiqarishning maʼlum tarmoklari boʻyicha ixtisoslashadi, rayon doirasida va rayonlararo iqtisodiy aloqalar amalga oshadi. Ilmiy jihatdan toʻgʻri tashkil etilgan Iqtisodiy rayonlar xalq xoʻjaligi soqalarini rivojlantirish va uni toʻgʻri boshqarishga yordam beradi, milliy xoʻjalik tizimining hududiy tuzilmasini qulaylashtirishga, davlatning mintaqaviy siyosati vazifalarini hal etishga xizmat qiladi.

Iqtisodiy rayonga boʻlish ishlari koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, AQSH, Fransiya, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda ham amalga oshirilgan. Oʻzbekistonda mamlakat hududini Iqtisodiy rayonlarga boʻlish boʻyicha dastlabki ishlar istiqbolni rejalashtirish bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston FA Iqtiso-diyot intida 60-y.lar boshida amalga oshirilgan. Bunga qadar G. N. Cherdansev, N. G. Sapenko, V. M. Chetirkinlarning ilmiy ishlarida respublika hududini Iqtisodiy rayonga boʻlish masalalari boʻyicha ayrim qarashlar olgʻa surilgan.

Keyinchalik, 80-y.lar boshlarida Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot instituti va Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashi tomonidan bu ish davom ettirildi, respublika hududini Iqtisodiy rayon lashtirishni takomillashtirish ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishning uzoq muddatli is-tiqbollari ehtiyojlari, ilmiy-texni-ka progressining kompleks dasturini ishlab chiqish bilan bogʻliq holda olib borildi. Iqtisodiy rayon muammolari va uni hal qilish boʻyicha takliflar olimlardan S. K. Ziyodullayev, K. N. Bedrinsev va b. asarlarida yoritildi.

Dastlab, 60-y.lar oʻrtalarida respublika hududi 5 Iqtisodiy rayonga ajratilgan edi (Toshkent, Fargʻona, Zarafshon, Quyi Amudaryo, Surxondaryo). 80-y.lar oxiri - 90-y.lar boshida respublika hudu-dida ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishda yuz bergan oʻzgarishlarni hisobga olgan qolda yangi Iqtisodiy rayon oʻtkazildi va Oʻzbekiston hududi takomillashgan 7 Iqtisodiy rayonga boʻlindi (harita-sxemaga q.). Bu rayonlarning iqtisodiy rivojlanishi darajalarining qiyosiy tavsifi jadvalda berilgan.

Toshkent Iqtisodiy rayon (tarkibida Toshkent viloyati va Toshkent sh.) iqtisodiy rivojlanish darajasining nisbatan yuqoriligi, mineral xom ashyo resurslariga boyligi, aholining zich joylashganligi, qulay iqtisodiy-geogra-fik holati (Markaziy Osiyoga va undan Rossiyaga chiqadigan transport yoʻlagi), poytaxt mintaqasi maqomi bilan ajralib turadi. Q.x. sertarmoq (pax-tachilik, donchilik, kanopchilik, pil-lachilik, shahar atrofi bogʻdorchiligi, sabzavotchilik, goʻsht-sut chorvachiligi va b.) va rivojlangan. Mamlakatdagi yetakchi industrial rayon. Sanoatning rivojlanish darajasi mamlakat boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan 2 marta yuqori turadi. Undiruvchi sanoat tarmoklari bilan bir qatorda ishlov beruvchi sanoat tarmoklari ham ustunlik qiladi. BuIqtisodiy rayon sanoat majmuida Oʻzbekistondagi mashina va uskuna-jihozlarning 70% ni ishlab chiqaradigan mashinasozlik majmui yetakchi oʻrinda turadi (qarang x. mashinasozligi, toʻqimachilik mashina-sozligi, elektrotexnika), mamlakatda qora va rangli metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarishda asosiy oʻrinni egallaydi. Oʻzbekiston metallurgiya ktida tayyor qora metallar prokati — 100%, Olmaliq kon-metallurgiya ktida mis va ruxning asosiy kis-mi, koʻmir qazib chiqarish (96,6%), asosiy kimyo va organik sintez kimyoviy mahsulotlari (mineral oʻgʻitlarning 39,4%, xom ashyo etil spirtining 36,2%), koʻpgina qurilish materiallari va konstruksiyalari (sementning 40%, shiferning 58,6%, linoleumning 100%, deraza oynasining 23,8%) ishlab chiqariladi. rayon qudratli qurilish bazasi, qalin transport tarmogʻiga ega, mamlakatning ilmiy, loyiha va konstruktorlik potensiali, kadrlar tayyorlash boʻyicha muas-sasalarning asosiy qismi shu rayonda joylashgan.

Jizzax — Sirdaryo Iqtisodiy rayon (tarkibida Jizzax va Sirdaryo viloyatlari) yaqin oʻtmishda Toshkent Iqtisodiy rayonning chekka semiki tashkil qilar edi. Keyinchalik mustaqil Iqtisodiy rayonga ajratilgan. Mirzachoʻl va Jizzax choʻllarini oʻzlashtirish munosabati bilan bu rayon jadal rivojlandi va muayyan xoʻjalik mustaqilligiga ega boʻldi. Mamlakatda paxta yetishti-ruvchi yirik rayon hisoblanadi (yalpi hosilning 25%). rayon sanoati shakllanish bosqichida, uning tuzilmasida paxta tozalash sanoati va issiqlik energetikasi (keltiriladigan gaz hisobiga)ning hissasi katta. Jizzax choʻlini yanada oʻzlashtirish rayon rivojining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Sanoat-fuqarolik qurilishi uchun yer resurslarining koʻpligi, qulay iqtisodiy-geografik va transport sharoitlari, Toshkent, Fargʻona, SamarqandQashqadaryo Iqtisodiy rayonlariga qoʻshniligi bu yerda ishlov beruvchi sanoat korxonalarini joylashtirish, aholini zich joylashgan hududlardan koʻchirib keltirish, istiqbolda erkin iqtisodiy zona barpo etish imkoni-yatlarini beradi.

Fargʻona Iqtisodiy rayon (tarkibida Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlari)da yersuv va mineral xom ashyo resurelari gʻoyat cheklangan, lekin mehnat resurslariga gʻoyat boy — Oʻzbekistonda aholi eng zich joylashgan hudud. rayonni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishi mavjud q,x. resurelari xom ashyosi (paxta, meva, sabzavot, pilla)ga moʻljallangan mehnattalab ishlab chiqarish tuzilmasini barpo etishdan iborat. Q.x., asosan, pax-tachilikka ixtisoslashgan (yalpi paxta hosilining 26%). rayonda ipakchilik, kimyo sanoati (mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish), neftni qayta ishlash (Ol-tiariq, Fargʻona), butun Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan "OʻzDEU avto" qoʻshma korxonasi (Asaka sh.) muhim ahamiyatga ega.

Samarkand — Qashqadaryo Iqtisodiy rayon (tarkibida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari) mamlakatning markaziy qismini ishgʻol qiladi. Uning hududidagi togʻli va togʻ oldi adirliklarida qad. lalmikor dehqonchilik, bogʻdorchilik rivojlangan (jami lalmikor yerlarining 1/3 qismi shu rayonga toʻgʻri keladi), ilgari qorakoʻl qoʻylari boqilgan choʻl zonasida paxtachilik jadal rivojlanmoqda. rayon qattiq bugʻdoy navlari, zigʻir, beda kabi ekinlar, uzum, mayiz, mevalar, ertagi sabzavotlar yetishtiruvchi asosiy hududlardan biriga aylanadi. rayon tarkibida Qarshi choʻlini oʻzlashtirish negizida ingichka tolali paxtachilik bazasi boʻlib qoladigan Qashqadaryo hududiy-ishlab chiqarish majmui shakllanmoqda. rayonda gaz (Shoʻrtan gaz majmui, Muborak gazni qayta ishlash zavodi), kimyo sanoati, mashinasozlik, metallga ishlov berish kabi sanoat tarmoklari jadal rivojlanmoqda. Oʻzbekistonda qazib olinadigan neftning 95%, tabiiy gazning 95,8% shu rayonga toʻgʻri keladi.

Buxoro — Navoiy Iqtisodiy rayon (tarkibida Buxoro va Navoiy viloyatlari) Qizilqum choʻlida joylashgan, rayon, asosan, gaz, neft, rangli va qimmatbaho me-tallar, qurilish materiallari uchun xom ashyo va b. mineral zaxiralarni qazib olish negizida rivojlanmoqda. Navoiy konmetallurgiya k-ti, Navoiy, Zarafshon (Muruntov), Uchquduq, Tasqazgʻan, Gazli sanoat bogʻlamlarida oltin qazib olish sanoati, rangli metallurgiya, kimyo (mineral oʻgʻitlarning ), gaz, qurilish materiallari (sementning 40,3%) sanoati korxonalari respublika iqtisodiyotida salmoqli oʻringa ega. Q.x.da paxtachilik, qora-koʻlchilik va rayon ichki ehtiyojlarini qondiradigan meva-sabzavotchilik asosiy tarmoqlar hisoblanadi. Amu-Buxoro mashina kapali bilan sugʻorish imko-niyatlari bu rayonda sugʻorma dehqonchilikni rivojlantirishni cheklaydi.

Quyi Amudaryo Iqtisodiy rayon (tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati) qad. sugʻorma dehqonchilik mintaqasida joylashgan. rayonda, ayniqsa, Ustyurtda 200 dan ortiq foydali qazilmalar konlari (tabiiy gaz, temir rudasi, fosforitlar, osh tuzi va b.) topilgan, Bu hududda paxtachilik bilan bir qatorda sholichilik, polizchilik (Xorazm qovunlari), urugʻlik beda, sabzavotchilik rivojlanadi. Boy mineral xom ashyo resurslaridan kompleks foydalanish asosida yaqin istiqbolda 2 sanoat rni va bir kator sanoat bogʻlamlari paydo boʻladi.

Orol dengizining qurib borishi va Orol boʻyining saxroga aylanishi ja-rayonlari bilan bogʻliq holda vujudga kelgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat hududni rivojlantirish istiqbollarini qoʻshni TurkmanistonningToshhovuz viloyati bilan muvofiklashtirilgan holda hal etishni talab etadi.

Surxondaryo Iqtisodiy rayon (tarkibida Surxondaryo viloyati) Oʻzbekistonning eng jan. qismini ishgol etadi. rayonning oʻziga xos geografik holati (deyarli qamma tomoni togʻlar bilan oʻralgan) uning iqtisodiyotiga oʻz taʼsirini koʻrsatgan. rayon iqlimi subtropiklarga yaqin boʻlgani sababli rayon ingichka tolali paxta, subtropik mevalar, ertagi sab-zavot yetishtirishga ixtisoslashgan. Sanoati koʻmir (Shargʻun toshkoʻmir koni), neft va gaz kazib olish (mahalliy isteʼmol uchun) asosida rivojlangan. Surxon-Sherobod choʻlida yangi yerlarni oʻzlashtirish asosida bu hududda ingichka tolali paxtachilik, eksport yoʻnalishidagi subtropik mevachilik va ertagi sabzavotchilik rivoj topadi. aniqlangan foydali qazilmalar konlari ni oʻzlashtirish bu hududda kon sanoatini va rangli metallurgiyani rivojlantirish imkoniyatlarini yara-tadi: Xodiza, Shargʻun — Sariosiyo (rangli metallar, koʻmir, qurilish materiallari), Boysun (toshkoʻmir, tabiiy gaz, qurilish materiallari) sanoat uzellari shakllanadi. Termiz sh.da va tuman markazlarida, asosan, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari rivojlanadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Karimov I. A., Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; Bedrinsev A. K., Sovershenstvovaniye territorialnoy organizatsii xozyaystva soyuznoy respubliki, T., 1987; Ekonomicheskoye rayonirovaniye Oʻzbekistana [Pod. red. K. N. Bedrinseva|, T., 1966.

Aleksandr Bedrinsev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil