Iqtisodiy huquq va erkinliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Iqtisodiy huquq va erkinliklar — insonning iqtisodiy sohadagi yuridik imkoniyatlarini belgilovchi konstitutsiyaviy huquqlar majmui. Mazkur imkoniyatlarning xa-rakteri va mohiyati pirovard oqibatida muayyan jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tuzumni belgilab beradi. Hoz. demokratik davlatlarda asosiy I.h. va e. sirasiga xususiy mulkchilik xuquqi, jumladan, yerga va akliy mehnat mahsulotlariga xususiy mulkchilik huquqi, meros huquqi, erkin tadbirkorlik (xoʻjalik sohasida ta-shabbuskorlik) huquqi, mehnat huquqi va mehnatga oid boshqa huquqlar, xususan ishsizlikdan muhofaza qili-nish, korxonani boshqarishda ishtirok etish va h.k. kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (36—37-moddalar) va mehnat haqidagi qonunlari har bir shaxsga oʻz mehnat qobiliyatidan foydalanishni kafolatlaydi, fuqarolarning iqtisodiy jihatdan har qanday maj-bur qilinishini va mehnat haqi toʻlashda kamsitilishini taqiklaydi. Ayni vaqtda isteʼmolchi huquqlarining ustuvorligini, mulkdorlikning barcha shakllari muhofaza etilishini kafolatlaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil