Iqlim boniteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Iqlim boniteti (lot. bonitas -yaxshi sifatli, asl) — iqlimga bogʻliq unumdorlikni baxrlash. Absolyut (hosildorlik kabi s/ga) yoki nisbiy kattaliklar (ballar) bilan ifodalanadi. I.b. hududning ikdim resurslarini q.x. ekinlarini oʻstirishga qulaylik darajasiga qarab taqqoslashga imkon beradi va tuproqni qiyosiy baholash (qarang Tuproq bonitirovkasi) bilan birgalikda tabiiy sharoitlarning turli tuproq-iqlim zonalarida iqtisodiy sa-maradorligi darajasini koʻrsatuvchi muhim tavsifnomasi hisoblanadi. Iqlimni baholashning bir qator usullari ishlab chiqilgan. Bu usullar oʻsimlikning hosildorligini issiqpik va nam resurslari bilan bogʻlab va ularni oʻsimlikning haqiqiy va potensial biologik mahsuldorligiga qarab ba-qolashni nazarda tutadigan miqdoriy munosabatlarga asoslanadi. Rus olimi D. I. Shashko taklif etgan iqlim unumdorligini baholash usuli keng qoʻllaniladi. Dehqonchilik tarmoklarida iqlimning haqiqiy unumdorligini baholashda resurslardan foydalanish koeffitsiyenti qoʻllaniladi. Bu koeffitsiyent, mas, gʻoʻzaning rivojlanishi uchun zarur boʻlgan 10° dan yuqori koʻp yillik oʻrtacha haroratlar yigʻindisini haqiqiy harorat yigʻindisiga nisbati bilan ifodalanadi. Hisoblar namlik optimal sharoitlarda ekinning potensial hosildorligi haqiqiy hosildorlikka nisbatan 2—3 marta koʻpligini koʻrsatadi. Bu esa katta energetika rezervlaridan ratsional foydalanish uchun agrotexnika tadbirlar majmui bilan birga oʻsimliklarning Quyosh yorugʻligini fotosintezlashda hozirgi oʻrtacha 3% ga nisbatan foydali ish koeffitsiyenti yuqori boʻlgan yangi navlarini yaratish zarurligini taqozo etadi.

Hamid Abdullayev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil