Iprit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Iprit, (Z, r’-dixlordietilsulfid, S(CH2CH2C1)2 — zaharlovchi modda. Rangsiz, moysimon sarimsoq piyoz yoki xantal hidi keladigan suyuklik. Mol. m. 159,08. Suyuqlanish temperaturasi 14,5°; kaynash temperaturasi 217° (ajralish b-n); zichligi 1,274 g/sm3, 20° da uchuvchanligi 0,6 mg/l. Suvda yomon (20° da 0,08%) eriydi. I. nafas aʼzolari, teri va meʼda-ichak orkali turli holatda (bugʻ, aerozol, tomchi) organizmni kuchli zaharlaydi. Suv taʼsirida sekin gidrolizlanadi. Suvsiz muhitlarda tio-sulfatlar, karbon kislotalarning tuzlari, alkogolyatlar, ishqoriy me-tallarning fenolyatlari bilan reaksiyaga kirishadi. Kuchli oksidlovchilar (ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning gipoxloritlari) I. molekulalarini destruksiyalaydi (parchalaydi). Reaksiya mahsulotlari zaharli emas. Shu sababli bu reaksiyalardan I.ni zararsizlantirishda foydalaniladi. Ilk bor I.ni zaharlovchi modda sifatida 1917 y.da Germaniya Belgiyaning Ipr (nomi shundan olingan) sh. yaqinida qoʻllagan. I.dan saqlanish uchun protivogaz va tanani himoya qiladigan vositalardan foydalaniladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil