Kontent qismiga oʻtish

Ipak bezlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ipak bezlari — kapalak qurtlarining rivojlanishi davrida ipak ishlab chiqaruvchi bezlari. I. b. ishlab chiqaradigan suyuklik havoda qotib, ipak ipga aylanadi. Ipak ipi turli hasharotlarda turli funksiyani bajaradi. Mas, olma qurti gʻumbakka aylanish davrida ipak ipidan daraxt shoxidan pastga tushish uchun foydalanadi; oq kapalak gumbagi iplar yordamida turli substratga yopishib oladi; olma kuyasi iplar bilan daraxt novdasi va barglarini toʻrga oʻxshab oʻrab oladi yoki gʻilof toʻqiydi va uning ichida gʻumbak-ka aylanadi; ipak qurti pilla oʻraydi. Bitta ipak qurti ipak bezlaridan 100—1500 m gacha, hatto, undan ham koʻproq ipak ipi ajratishi mumkin. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil