Kontent qismiga oʻtish

Ionuț Dobroiu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ionuț Dobroiu
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Ruminiya bayrogʻi Ruminiya
Tavallud sanasi 24-fevral 1988-yil (1988-02-24) (36 yosh)
Buxarest, Ruminiya
Boʻyi 1.84 m
Sport
Mamlakat Ruminiya
Qaysi sport Futbol
Pozitsiyasi Hujumchi
Klubi FC Rapid II București
Rapid București
CSM Râmnicu Vâlcea (ijara)
Pandurii Târgu Jiu (ijara)
Murabbiy(lar)i Cristiano Bergodi

Ionuț Aleksandru Dobroiu (1988-yil 24-fevral; Ruminiya) — ruminiyalik sobiq professional futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. 2011-yilda faoliyatini yakunlagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ionuț Dobroiu 1988-yil 24-fevralda Buxarestda tugʻilgan. Dastlab yengil atletika sport turi bilan shugʻullangan. 7 yoshida mashgʻulotlarni boshlagan. Ruminiyada yoshlar oʻrtasidagi nufuzli milliy musobaqalarda gʻolib boʻlgan[1].

Ionuț Aleksandru futboldagi faoiyatini „Rapid Buxarest“ klubida boshlagan va 2007-yil 12-avgustda futbol boʻyicha Ruminiya chempionatida debyut qilgan. Shu kuni bosh murabbiy Cristiano Bergodi qaroriga koʻra „Universitatea Cluj“ ga qarshi oʻtkazilgan safar oʻyinida ishtirok etgan va unda poytaxt klubi 2:1 hisobida gʻalaba qozongan[1]. 2018-yilda Rapid-U21 jamoasi safida 3 ta, Rapid klubining asosiy jamoasi tarkibida esa 9 ta oʻyinda maydonga tushgan[2]. Dobroiu Ruminiya chempionatidagi yagona golini „U Craiova 1948“ jamoasi darvozasiga kiritgan. Bu bahsda Rapid 2:0 hisobida gʻalaba qozongan[1][3].

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ionuț Aleksandru Dobroiu oʻzining tezligi bilan boshqalardan ajralib turgan. 50 metr masofani 5,2 soniyada bosib oʻta olgan. Shuningdek, mazkur futbolchi qoʻpol va tartibsiz xatti-harakatlari bilan ham boshqa futbolchilardan yaqqol ajralib turgan[1][3][4][5].

Qonun bilan bogʻliq muammolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilda Ionuț Dobroiu katta miqdorda giyohvand moddalarni sotish, uyushgan jinoiy guruh tuzish, giyohvand moddalarni katta miqdorda saqlash va ishlatish bilan ayblanib, uch yil-u 11 oyga ozodlikdan mahrum etilgan[1][3][4][6][7]. Jazo muddatini Raxova qamoqxonasida oʻtagan. U bilan bir kamerada sobiq futbolchi Răzvan Pădurețu va Politehnica Timișoara klubining sobiq egasi Marian Iancu ham boʻlgan[1][3][4][6][8]. Ionuț ikki yil-u toʻrt oydan soʻngqamoqdan ozod qilingan[1][3][4][6][7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „EXCLUSIV. La "vorbitor". Interviu TULBURĂTOR. Destăinurea unui rapidist ajuns în închisoare din cauza drogurilor. "Trăgeam și când jucam, trimiteam pe alții să dea urină în locul nostru". Mărturisiri șocante despre blaturi, decizii fatale și viața de după gratii. "La pușcărie, fotbalul m-a salvat"“ (ro). Playsport.ro (2022-yil 18-yanvar). 2022-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  2. „Abia eliberat din pușcărie, fostul fotbalist din Liga 1 șochează: „Gardienii ne spuneau «colete»” + „Marian Iancu e terminat, abia mai merge”“ (rumincha) (2022-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 27-may.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „EXCLUSIV. Debutant sub Podul Grant, deținut la Jilava. "John", povestea de viață a rapidistului care a înscris la primul meci în Liga 1, chiar în Giulești, apoi a ajuns după gratii pentru trafic de droguri“ (ro). Playsport.ro (2021-yil 28-sentyabr). 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „Abia eliberat din pușcărie, fostul fotbalist din Liga 1 șochează: "Gardienii ne spuneau «colete»" + "Marian Iancu e terminat, abia mai merge"“ (ro). Gsp.ro (2022-yil 20-yanvar). 2022-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  5. „Ionuț Dobroiu, cel mai rapid!“ (ro). Gsp.ro (2009-yil 12-fevral). 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Ce s-a ales de Marian Iancu, fostul patron al lui Poli Timișoara: "E terminat, de-abia mai merge"“ (ro). Prosport.ro (2022-yil 19-yanvar). 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  7. 7,0 7,1 „Amintiri de la naționala U21 a României: "Ne-am băgat în pădure să fumăm, dar am văzut 30–40 de lanterne spre noi". Cum s-a terminat totul“ (ro). Digisport.ro (2022-yil 18-yanvar). 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  8. „Fost campion al României alături de Dan Petrescu, condamnat pentru omor din culpă! Dezvăluire de coșmar despre fostul dinamovist“ (ro). Playsport.ro (2022-yil 19-yanvar). 2022-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.