Ion kristallar
Ion kristallar - zarralari, asosan, ion bogʻlar yordamida birikkan kristallar. Bir atomli va koʻp atomli ionlardan iborat bo'lishi mumkin. Bir atomli ionlardan tuzilgan I. k. ga ishqoriy va ishkrriy-yer metallari galogenidlari (NaCl, CsCl, SaGʻ2)ning kristallari, koʻp atomli ionlardan tuzilgan I. k. ga shu metallarning nitratlari, sulfatlari, karbonatlari, fosfatlari, silikatli va b. tuzlari misol bo'la oladi. Bunday kristallar musbat zaryadli metall ionlari hamda bir nechta atomlardan tuzilgan manfiy zaryadli kislota qoldiqlaridan tashkil topgan. Kislota qoldiqlari oʻzaro birlashib uzun zanjirlar, qavatlar, shuningdek, boʻshliqlarida metall ionlari joylashgan uch oʻlchamli pan-jaralar (mas, silikatlarning kristall tuzilishi) hosil qilishi mumkin.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |