Ion bogʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ion bogʻ, elektrovalent bogʻ, geterovalent bog — kimyoviy bogʻ turlaridan biri, qaramaqarshi zaryadli ionlar oʻrtasidagi elektro-statik oʻzaro taʼsir kuchiga asoslanadi. I. b. elektromanfiylik jihatidan bir-biridan katta farq qiladigan ikki element orasida vujudga keladi. Bunday bogʻlar ishqoriy metallarning galogenidlarida koʻproq hosil boʻladi. LiF birikmasidagi litiy bilan ftor orasidagi bogʻ bunga yaqqol misol boʻla oladi. Har qaysi ion oʻz atrofida elektr maydoni hosil qiladi. Shu sababli I. b. li molekulalar geteropolyar birikma deb ataladi. Ge-teropolyar birikmalar hamma agregat holatlarda ionlik tavsifini saklab qoladi. Mas, NaCl birikmasi gaz, suyuq va qattiq holatlarning hammasida ham Na+ va Cl ionlardan tarkib topgan va ular orasida I. b. mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil