Intonatsiya (musiqa)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Intonatsiya (musiqada) — 1) oʻzaro bogʻlangan bir necha maʼnoni anglatuvchi nazariy-estetik tushuncha, ohang , kuy manbai. Keng maʼnoda — badiiy obrazni musiqa tovushlari yordamida ifodalash. Musiqadagi I. balandlik jihatdan (notalar vositasida) belgilanishi va maʼlum lad tizimiga asoslanishi bilan nutq I.sidan farq qiladi. Musiqaviy I. milliylik xususiyatiga ega. Baʼzan yirik tarixiy oʻzgarish (inqilob sodir boʻlishi, ijtimoiy tuzum almashishi kabi)lar shu davr musiqa I.sida burilish yasaydi. Tor maʼnoda — kuyning bir necha tovushdan iborat ifodali parchasi, ohang boʻlagi. Musiqaviy I. antik davr, oʻrta asrlar (jumladan, Sharq musiqa nazariyasi)da va Uygʻonish davrida oʻrganila boshlangan. Fransuz maʼrifatparvarlari (J. J. Russo) va ularning izdoshlari (A. Gretri, K. Glyuk), 19-asr dan boshlab rus kompozitor (A. Dargo-mijskiy, M. Musorgskiy) va musika tanqidchilari (A. Serov, V. Stasov, B. Yavorskiy) bu sohaga muhim hissa qoʻshgan. 20-asrda musiqa I.sining asosiy masalalari boʻyicha musiqashunos akad. B. Asafyev mukammal taʼlimot yaratgan; 2) sozlarda, ayniqsa, nay, surnay, gʻijjak kabi pardasiz turlarida kuy chalishda, shuningdek, ashula aytishda tovushlarni baland-pastlik jihatidan aniq (kuyni buzmay) ijro etish sof (toza) I.lashga kiradi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Asafyev B. (I. Glebov), Muzikalnaya forma kak protsess, L., 1963; Intonatsiya i muzikalniy obraz (Sbornik statey), M., 1965.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil