Kontent qismiga oʻtish

Inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash — oʻz ichiga huquq normasini, sud himoyasini hamda tashkiliy, iqtisodiy shuningdek boshqa harakatlarini oluvchi, inson huquqlarini roʻyabga chiqarishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi hisoblanadi. Shuni qayd etish joizki inson huquqlari va erkinliklarini roʻyobga chiqarish yoʻllaridan biri inson hamda fuqarolarning oʻz huquqlarini himoya qilishlari deb qaraladi. Inson va fuqarolarning qonuniy huquqlari buzilgan taqdirda, ular protsessual qonunchilik qoidalariga koʻra, ularga nisbatan qilingan gʻayriqonuniy harakatlar ustidan maʼmuriy yoki sud tartibida shikoyat keltirishlari mumkinligi belgilangan [1].

  1. Toychiyev, N., ed (2009). "Inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash". Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi. Toshkent: „Adolat“ nashriyoti. p. 216.