Insho (yozuvchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Insho (taxallusi; asl ismi Inshoollohxon Insho) (?, Murshidobod — 1818) — hind yozuvchisi. Urdu, hind, fors tillarida ijod qilgan. 1786-yil dan Dexlidagi, soʻng Lakhnavdagi shoh saroylarida xizmat qilgan. I. ning urdu tilida yaratgan sheʼriy merosi (9000 baytdan iborat) orasida qasidalar aloxida oʻrin tutadi. I. hind adabiyotida nasriy anʼanalarni boshlab bergan adiblardan biri. "Rani Ketki tarixi" qissasi mutlaqo oʻziga xos asardir. I. ning fors tilida yaratgan "Daryoi latofat" ("Goʻzallik daryosi") ilmiy asari urdu tili grammatikasi, stilistikasi, sheʼr tuzilishiga bagishlangan birinchi asardir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil