Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi  — ilm-fan sohalaridagi innovatsion gʻoya va ishlanmalarni davlat va jamiyat hayotining har bir jabhasiga izchil tatbiq etish, zamonaviy yuqori malakali mutaxassislarning tayyorlanishi jarayonlariga munosib hissa qoʻshishni oʻz oldiga maqsad qilib olgan nashriyot[1].

Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2018-yil 17-fevraldagi 54-sonli buyrugʻiga muvofiq tashkil etilgan boʻlib, vazirlik muassisligida tashkil etilgan va vazirlikning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Uning asosiy funksional vazifasiga professional darajada turli xil noshirlik va matbaa ishlarini amalga oshirish kiradi. Jumladan, nashriyot oʻz faoliyati davomida yangi „Ilm-fan va innovatsion rivojlanish“ ilmiy jurnali[2] hamda oldindan faoliyat yuritib kelayotgan „XXI asr texnologiyalari“ bolalar va oʻsmirlarning ilmiy-texnikaviy, maʼnaviy-maʼrifiy, ommabop nashrini[3], shuningdek, ilmiy monografiyalar, bukletlar, avtoreferatlar, oʻquv qoʻllanmalar va h.k chop etadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]