Inkvizitsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Inkvizitsiya (lot. inguisitio — qidiruv) — katolik cherkovining sud-tergov tashkiloti; 13-asrda bidʼatchilarga qarshi kurashish maqsadida tuzilgan. Rim papasiga boʻysungan. Inkvizitsiya zamindorlar-cherkov mafkurasi va ular zulmiga qarshi kurashchilarni taʼqib qilgan. 1231-yildan dominikanlar ordeni ixtiyorida boʻlgan. Inkvizitsiya faoliyati shafqatsizligi bilan ajralib turgan.

Inkvizitsiya Gʻarbiy Yevropaning bir qancha mamlakatlari, ayniqsa, Ispaniyada keng tarqaldi. Buyuk mutafakkirlar, olimlar J. Bruno, J. Vanininch I. yondirdi, G. Galiley va b. taʼqibga uchradi. 1452-yildan Rimdagi Oliy Inkvizitsiya tribunali Inkvizitsiyaning oliy organi boʻlib qoldi. 16-asrda Inkvizitsiya kontrreformatsiyaning asosiy qurollaridan biriga aylandi. 18— 19-asrlar davomida Inkvizitsiya tugatildi. Uning vazifalari qisman Vatikan muqaddas kanselyariya Kongregatsiyasiga oʻtdi. 1965-yilda bu tashkilot diniy taʼlimot Kongregatsiyasi etib qayta tu-zildi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil