Inkubatsiya
Inkubatsiya — (lotincha: incubatio — tuxum bosish) — 1) parrandachilikda — inkubatorlarda parranda tuxumidan joʻja ochirish. Misr va Sharqiy Osiyoda qadimdan, Yevropada 14-asrdan maʼlum. 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridan Yevropa va AQShda amalda keng qoʻllandi, 20-asrning oʻrtalaridan uy parrandalarini kupaytirishning asosiy usuliga aylandi. Hoz. zamonaviy parrandachilikda yil boʻyi davom etadi. Uy parrandalarining hamma turlari tuxumlaridan I. yoʻli bilan joʻja ochirish mumkin. Asosan, inkubatorparrandachilik st-yalarida, parrandachilik f-kalari, shuningdek, xonadonlarda I.dan foydalaniladi. Urugʻlangan, nuqsonsiz, serpusht parran-dadan olingan 5—8 sutkalik va 8—12° haroratda saqlangan, toza, usti silliq, ovoskopda tekshirilgan tuxumlar I. uchun yarokli boʻladi. Serpusht zot tovuq tuxumining inkubatsion muddati 21 kun, goʻshtdor zotlari uchun 21,5 kun, kurka va oʻrdak tuxuminiki 27— 28 kun, gʻozlarniki 28,5—30 kun, be-dananiki 17 kun. Tovuq va kurkalar tu-xumi havo harorati 37,5—37,6°, nisbiy namligi 48—52% da I. qilinadi. I. rejimi omillari asosan, inkubatorlarda havoning harorati, namligi va almashinib turishi hamda vaqt-vaqti bilan tuxumlarni aylantirib turishdan iborat; 2) baliqchilikda — urugʻlangan baliq tuxumini chavoq chiqishiga qadar suv havzasi yoki inkubatsiya apparatlarida saqlash. Bahorda tuxum qoʻyadigan baliqlar uvildirigʻi I.si bir necha sutka, kuzda tuxum qoʻyadigan baliqlar uvildirigʻi I.si bir necha oy davom etadi. Tuxumdan chiqqan chavoqlar maxsus havza yoki hovuzlarda boqiladi. Baliqchilik zavodlarida I. apparatlaridan foydalaniladi; 3) pillachilikda — tut ipak qurti tuxumidan pilla qurti chiqarish (qarang Ipak qurti tuxumi inkubatsiyasi).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sayfiddin Azimov.[1]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |