Kontent qismiga oʻtish

Infinix

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Infinix Mobile — Smartfon ishlab chiqaruvchi, Xitoyda joylashgan katta holding Transsion Holdingsga qarashli.

TARIXI[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kelib chiqishi Fransiyada 1924-yilda tuzulgan Sagem, kompaniyasiga taqaladi.

  • 2008 — Sagem shu yildagi muammolar tufayli oʻz nomi ostida telefonlar sotuvini toʻxtatadi va barcha kompaniya investitsiyalarini sotib yuboradi. Soʻngra SOFINOVA brendi ostida oddiy telefon va elektron jihozlar sotadi.
  • 2011 — SAGEM Transsion Holdings tomonidan sotib olinadi.
  • 2013 — Sagem asosida Infinix Mobile nomli kompaniya yaratildi. Dastavval u Afrika bozoriga qaratilgan edi. Oʻsha yili MTN nomli mobil aloqa brendi tomonidan hamkorlik taqdim etiladi.
  • 2016 — Kompaniya oʻz smartfonlarini yetkazib berish hududini yanada kengaytirib, ularni 30 ta davlatga tarqatdi.
  • 2019 — Kompaniya Afrika mamlakatlaridagi eng mashhur brendlar reytingida 26-oʻrinni egalladi.[1]
  • 2020 — Kompaniya Indoneziyadagi koʻrgazmada Lazada tomonidan eng yaxshi sotuvchi mukofotini oldi.

Telefonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2014 — Infinix Zero x506 — Infinix Mobile-dan birinchi smartfon. U sakkiz yadroli MediaTek MT6592 protsessorida yigʻilgan boʻlib, bortda 2 Gb tezkor xotira, 16 Gb flesh-xotira, 5 dyuymli HD displey va 13 MP kameraga ega edi.[2]
  • 2015 — Beshta model taqdim etiladi. Ulardan uchtasi yangi Hot va NOTE qatorlariga tegishli edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Afrikadagi eng mashhur smartfon ishlab chiqaruvchilar nomi ma'lum bo'ldi“ (ru). www.ferra.ru. Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.
  2. Okafor, Paschal „Infinix Zero X506 Specs and Price - NaijaTechGuide“ (en-US) (2014-yil 21-iyul). Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.