Infiltrat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Infiltrat (lot. in — ichiga va fi ltratus — sizilib toʻplangan) — patologik jarayon; odam va hayvon organizmida, asosan, yalligʻlanish roʻy bergan joyda aʼzo yoki toʻqima atrofida qon va limfa aralash hujayra elementlarining toʻplanishi. Kelib chiqishi, tarkibi va h. k.ga koʻra, I.ning bir necha turi farq qilinadi. Koʻproq oʻsma hujayralaridan iborat oʻsma I.i yoki yalliklanish I.lari vujudga keladi. Yalligʻlanish infiltrati leykotsitlar, eritrotsitlar, limfoid hujayralar oz-koʻpligiga qarab yiringli, ge-morragik, yumaloq, hujayrali va b. I.lar ajratiladi. Yalligʻlanish infiltrati oʻz vaqtida toʻgʻri davolan-sa, butunlay shimilib ketishi, aks holda yiringlanib koʻpgina noxushliklarga olib kelishi mumkin. Xirurgiya amaliyotida ogʻriqsizlantirish maqsadida qilingan muolaja natijasida toʻqimalarning qisqa vaqt zichlashib qattiklanishi ham I. deb ataladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil