Induksion pech
Induksion pech - metallarni suyultirish uchun moʻljallangan elektrotermik qurilma. Asosan, tigelli va kanalli I. p.lar qoʻllanadi.
Tigelli I. p. mis naychalardan qilingan solenoiddan iborat boʻlgan induktor va tigeldan tashkil topadi. Ochiq, vakuumli, gaz toʻldirilgan va kompression xillari bor. Suyultiriladigan materialga qarab, tigel keramik materiallar, grafit, poʻlat va hokazodan tayyorlanadi. Hajmi bir necha kg dan bir necha t gacha. Pech past, oʻrta va yuqori chastotali tok bilan ishlaydi. Tigelli I. p. da poʻlat, choʻyan, mis, alyuminiy, magniy va qimmatbaho metallar suyultiriladi.
Kanalli I. p. ning asosiy qis-mlari: eritish vannasi, magnit oʻzak, induktor, tub toshi. Bunday I. p. da elektr utkazuvchi modda bilan tuldirib turiladigan kanalda elektromagnit energiya issiqlik energiyasiga aylanadi. Unda rangli metallar va ularning qotishmalari, choʻyan suyultiriladi. Hajmi bir necha yuz kg dan bir necha t gacha. Kanalli I. p. sanoat chastotasidagi tok bilan ishlaydi. I. p. larda induksion qizdirish, yaʼni uzga-ruvchan elektromagnit maydon taʼsirida vujudga keladigan elektr toki bilan qizdirish usulidan foydalaniladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |