Individual psixologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Individual psixologiya - psixologiyadagi freydizm oqimidan ajralib chiqqan yoʻnalish. A. Adler taʼlimotiga asoslangan. I. p. kishining ijtimoiy xususiyati negizida tugma ijtimoiy qissiyot yotadi, biroq bu hissiyotning toʻla taraqqiy etishi uchun uni tarbiyalash lozim, deb hisoblaydi.

I. p. nuqtai nazaridan bola shaxsining tuzilishi (individualligi) ilk bolalik (5 yoshgacha boʻlgan) davrida alohida "turmush tarzi" koʻrinishida na-moyon boʻladi va u bolaning butun kel-gusi psixik rivojlanishini belgilab beradi. Bola oʻz tana aʼzolarining hali yetarlicha takomillashmaganligi tufayli nomukammallik hissini tuyadi, buni bartaraf etishga urinish davomida bola oʻz-oʻzini anglab, maqsadlari shakllana boradi. Agar bu maqsadlar real boʻlsa, shaxs meʼyorida rivojlanadi, mabodo haqiqatdan yiroq boʻlsa, u holda shaxs nevrotik va ja-miyatga zid xususiyatlar bilan shakllanadi. Ilk bolalik yoshida tugma ijtimoiy hissiyot bilan nomukammallik hissi oʻrtasida qaramaqarshilik paydo boʻladi, bu hol kompensatsiya va oʻta yuqori kompensatsiya vositalarini ishga solib yuboradi. Bu hukmronlikka, boshqalardan ustun boʻlishga intilishni va xulq-atvorning ijtimoiy qadrlanadigan meʼyorlaridan ogʻishni keltirib chiqaradi. Bunday nevrotik subʼyektlarga yordam qilish psixoterapiyaning vazifasidir. I. p. gʻoyalari nafaqat shaxs psixologiyasida, shuningdek, ijtimoiy psixologiyada ham keng yoyildi. Ulardan guruxdi psixoterapiya usullarida foydalanildi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil