Individual himoya vositalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Individual himoya vositalari, shaxsiy himoya vositalari — kishilar (armiyada — shaxsiy tarkib) ni zaharli radioaktiv moddalar va biologik vositalardan himoya qilish hamda yadro quroli portlaganda paydo boʻladigan yorugʻlik nurlanishidan shikastlanishni kamaytirish uchun moʻljallangan vositalar majmui. Ularga filtrlovchi va izolyasiyalovchi protivogazlar (gazniqoblar), yelkaga tashlanadigan yopinchiklar, maxsus modda shimdirilgan paypoqlar, kiyimboshlar, kombinezonlar, rezina etiklar, qoʻlqoplar kiradi. Armiyada — umumiy qoʻshin himoya toʻplami ham mavjud. I. h. v.ning qaysinisidan foydalanish zarurligi atrof muhit va havoning zaharlanganlik darajasiga, kishilar (shaxsiy tarkib) ning vazifasiga qarab aniqlanadi (qarang Ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish). [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil