Indikatorlar
Indikatorlar (kimyoda) -tekshiriladigan eritmadagi biror komponent konsentratsiyasining oʻzgarishi bilan rangi, lyuminessentsiyasini oʻzgartiradigan yoki choʻkma hosil qiladigan moddalar. I., asosan, kimyoviy reaksiya tugaganini yoki eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiya-sini titrimetrik tahlilda ekvivalent nuqtasini (titrlashning oxirgi nuqtasini) aniqlash uchun qoʻllaniladi. I. ishtirokida reaksiya pirovardida tekshirilayotgan eritma rangi oʻzgaradi; eritma tiniq boʻlgan boʻlsa, rangsiz yoki rangli choʻkma hosil boʻladi yoki aksincha, loyqa yoʻqoladi.
Kislota-asos indikatorlari — muqitda vodorod ionlari konsentratsiyasi (rN) turlicha boʻlganda rangini oʻzgartiradigan moddalar. Neytrallash reaksiyasi uchun ishlatiladi; mas, neytral muhitda rangsiz boʻlgan fenolftalein ishqoriy muhitda qizaradi. Rangli choʻkmalar ho-sil qiladigan maxsus I. (adsorb-sion I.) koʻpincha choʻktirish reaksiyalari uchun tekshiriladigan erit-malar bilan rangli eruvchan birikmalar qosil qiladigan I. (kompleksa-nometrik I.) kompleks hosil qilish reaksiyalari uchun ishlatiladi. Oksidlanshiqaytarilshi reaksiyalari uchun baʼzan maxsus I. zarur; mas, yod bilan titrlashda kraxmal I. sifatida qoʻshiladi, u yod taʼsirida koʻk tusga kiradi. Aksari oksidimetrik titrlash reaksiyalari uchun umumiy oksidlovchiqaytaruvchi I. (oksidlanish yoki kaytarilishi bilan rangini oʻzgartiradigan organik moddalar) qoʻllaniladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |