Indikator oʻsimliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Indikator oʻsimliklar (lot. indico — koʻrsataman, aniqlayman) — muayyan ekologik sharoit bilan bevosita bogʻliq oʻsimliklar (yoki ular guruqi). I. oʻ. ning biror joyda oʻsishiga qarab oʻsha joyga tavsif berish mumkin. I. oʻ. dan tuproqning mexanik tarkibi va shoʻrlanishini aniqlashda, choʻllarda chuchuk suvlarni va ayrim foydali qazilmalarni qidirib topishda foydalaniladi. Masalan, bugʻdoydoshlarning ayrim turlari (Festula ovina, Agrostis tennus va b.) — tuproqda qoʻrgʻoshin borligi; gunafshadoshlar — rux; burchokdoshlarning ayrim turlari — selen; koʻpchilik gʻallasimon oʻsimliklar va yoʻsinlar — mis va kobalt; yantoq — yer osti chuchuk suvlari; okbosh, shoʻrajriq va shoʻradoshlar oilasining koʻpchilik turlari tuproq shurlanishining indikatorlari hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil