Indaur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Indaur, Indur — Hindistonning markaziy qismidagi shahar, MadhyaPradesh shtatida. Aholisi 1,2 mln. kishidan ziyod (1990-y.lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni va savdo-sanoat markazi. Aeroport bor. I.dan Dehli — Mumbay avtomobil yoʻli oʻtgan. Ip gazlama i.ch. sanoatining yetakchi tarmogʻi. Paxta tozalash, oziq-ovqat, metallsozlik va mashinosozlik, kimyo korxonalari bor. Oʻsimliklardan sanoatda foydalanish instituti ochilgan. I. 1818—1950 y.larda Indur knyazligining poytaxti, 1950—56 y.larda Madhya-Bharat shtatining maʼmuriy markazi boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil