Imtihon sessiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Imtihon sessiyasi - oliy, Urta maxsus va kasb-hunar o'quv yurtlarida muayyan mutaxassislik bo'yicha o'quv rejasi asosida belgilangan imtihonlarni topshirish davri. Bir oʻquv yilida ikkita — qishki va yozgi (taʼlimning kunduzgi boʻlimida qishki I. s, odatda, yanvar — fevral, yozgi I. s. may — iyun oylarida oʻtkaziladi) I. s. boʻladi. I. era kiritiladigan imtihonlar oʻquv rejasida belgilanadi; oliy oʻquv yurtlarida imtihonlar, odatda, 5 tadan, oʻrta maxsus va kasbhunar oʻquv yurtlarida esa 4 tadan oshmaydi. Lekin oliy taʼlim amaliyotida mazkur cheklashga qatiy amal qilinmaydi. I.s.ga oʻquv rejasi boʻyicha mazkur semestr uchun moʻljallangan barcha sinovlarni mu-vaffaqiyatli topshirib, oʻquv dasturlarida belgilangan amaliy ishlarni bajargan talabalar, oʻrta maxsus va kasbhunar oʻquv yurtlarida oʻqish ja-rayoni yakunida qoniqarsiz baho olmagan oʻquvchilar qoʻyiladi. I. s. oʻquv yur-tining rektori yoki direktori tomonidan tasdiklangan jadval asosida oʻtkaziladi. Mazkur kursning oʻquv re-jasini toʻliq bajargan va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talaba (oʻquvchi)lar keyingi bosqichga oʻtkaziladi. Oliy, oʻrta maxsus va kasbhunar oʻquv yurtlarining sirtqi boʻlimlarida ham, odatda, kishki va yozgi I. s. oʻtka-ziladi. Ammo oliy yoki oʻrta maxsus va kasbhunar oʻquv yurti mansub boʻlgan yuqori tashkilotning roziligi va tegishli muassasalar bilan kelishilgan hollarda ularda I. s. bir marta oʻtkazilishi ham mumkin. Sirtqi boʻlimlarda sinov va imtihonlarni topshirishga I. sdan tashqari butun oʻquv yili da-vomida ruxsat etiladi. I. ch.dan ajralmagan holda oʻqiyotgan talaba (oʻquvchi) larga I. yeda qatnashishlari uchun maoshi saqlangan holda qoʻshimcha taʼtil beriladi. Talaba va oʻquvchilarning bilim, koʻnikma hamda malakalarini aniqroq belgilash uchun keyingi paytlarda Oʻzbekiston taʼlim tizimida reyting usuli joriy etilishi munosabati bilan I. s.larining qatʼiy belgilab beruvchilik vazifasi maʼlum darajada oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil