Imraʼatun Xorazmiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Imraʼatun Xorazmiya – “Nasoyim ul-muhabbat”da zikr etilgan xorazmlik orifa ayol. Ismi maʼlum emas. Imom Yofiʼiy “Mirʼot ul-jinon” asarida xorazmlik bu ayol haqida yigirma yildan ortiqroq “yegulik va ichkulikdin hech ishtigʻol koʻrguzmaydur erdi”, deb yozadi. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu orifa ayol bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan[1][2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Imom Yofiʼiy. Mirʼot ul-jinon. 
  3. Abdurahmon Jomiy. Nafahot ul-uns.