Imon (kinostudiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"IMON" — kinostudiya; ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi. 1991-yil Toshkent sh.da tashkil etilgan. Tashkilotchilari Jasur Ishoqov va Rustam Saʼdullayev. "Ketma", badiiy filmi (1992), "Oltin tulpor laʼnati", "Koʻrish qobiliyati" (1998) kabi televizion videofilmlar va b. suratga olingan. "Ketma" badiiy filmi Toshkent xalqaro kinofestivalida maxsus sovringa sazovor boʻlgan. Badiiy rahbari — Jasur Ishoqov[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil