Immobilizatsiya
Immobilizatsiya (lot. immobilisis — qimirlamaydigan, harakatsiz) — gavdaning shikastlangan yoki kasal qismini (odatda, qoʻl-oyoq va umurtqa pogʻonasini) qimirlamaydigan qilib qoʻyish. Suyak singanda, chiqqanda, ta-yanch-harakat aʼzolarining yalligʻlanish kasalliklarida (osteomiyelit, sil va b.), suyak va yumshoq toʻqimaning turli jaroxatlarida, shuningdek, operatsiyadan keyin gavdaning tegishli joylarini maʼlum vaziyatda ushlab turish uchun I. qoʻllanadi. Shikastlanganda ogʻriqni kamaytirish, travmatik shok va infeksiya tushishining oldini olishda, bemorning tezda sogʻayib ketishida I. ning ahamiyati katta. Vaqtincha (transport) va doimiy (davolash) I. qilinadi. Vaqtincha I. suyak singanda va b. ogʻir shikastlanishlarda birinchi yor-dam koʻrsatishning eng muhim vosita-sidir. Vaqtincha I. uchun maxsus shinalar (Detiriks, Kramer, Bogdanov va hokazo), shuningdek, qoʻl ostida bor boʻlgan faner, taxta va b. materiallar (mas, taxtakach) dan foydalaniladi. Shinalash — vaqtincha I. ning asosiy turi hisoblanadi. Bemor kasalxonaga keltirilgandan soʻng vaqtincha I. doimiy I. bilan almashtiriladi (qarang Suyak si-nishi, Suyak chiqishi). Davo I. si gips bogʻlov, tortib qoʻyish, ortopedik moslama, korset va b. yordamida kilinadi. Singan suyak boʻlaklarini jarroxlik yoʻli bilan biriktirib qoʻyish uchun maxsus vint, plastinka va b. qoʻllanadi. Taxtakachlash ham I. ga yordam beradi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |