Imamidin Tashov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Imamidin Tashov (qirgʻizcha: Ташов Имамидин) (1983.08.2 Botken viloyati) Qirgʻizistonda yirik qurilish kompaniyalariga ega boʻlgan tadbirkor. U 2020-yil noyabr oyida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentligiga o‘z nomzodini ko‘rsatgan[1] va bir foizdan ortiq ovoz olgan.

Umrbayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda Yusuf Bolasogʻun nomidagi Qirg‘iziston Milliy universitetini moliya va kredit-bank ishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

  • 20062007Hamburg, Syurix (Shveytsariya),Kiyev (Ukraina), Istanbul (Turkiya) shaharlarida biznes sohasida ishlagan;
  • 2009-yil - IMTASH MChJda ishlagan (Moskva);
  • 20102011 — VIP Travel aviakompaniyasi bosh direktori;
  • 2011 – 2012 - “KG Qurilish” qurilish kompaniyasi bosh direktori;
  • 2013 – 2017 yillarda – “KG GROUP” qurilish kompaniyasi va jamoat fondi prezidenti;
  • 2017 – 2020 – “KG GROUP” kompaniyasi koordinatori[2].

Ayblovlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashov Bishkek meriyasi mutasaddilari bilan kelishib, 280 o‘rinli bolalar bog‘chasi quriladigan joyga ko‘p qavatli uylar qurdirgan. Oqibatda shaharliklar bog‘chasiz qolgan. Natijada Tashov davlatga 52 million so‘m zarar yetkazgani aniqlan.

“O” qurilish kompaniyasi asoschisi Tashov 2023-yilning 26-oktyabrida hibsga olindi[3]. Keyinchalik u davlatga yetkazgan zararlarni toʻlab ozod qilindi. Keyinchalik Tashov videobayonot bilan chiqib, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlarini 100 million som undirishda aybladi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]