Ilyos Qoya ibodatxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ilyos-Qoya — X-XIII asrlarda mustahkam qurilgan nasroniy monastir-ibodatxonasi xarobalari (toponimga koʻra — avliyo Ilya). Qrimning janubiy qirgʻogʻidagi xuddi shu nomdagi togʻ tepasida joylashgan qoya[1]. Shimoldan, janubdan va gʻarbdan oʻtib boʻlmaydi. Faqat tik sharqiy yonbagʻir boʻylab koʻtarilish mumkin[2].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monastir 50 m dan ortiq uzunlikdagi qal’a devori bilan oʻralgan. Hozirda deyarli butunlay vayron boʻlgan ohak aralashma bilan xarsangtoshdan yasalgan, monastirning maydoni 1,9 gektarni tashkil etadi[2]. 1966-yilda istehkom ichida E. A. Parshina va O. I. Dombrovskiy oʻlchami 4,7 metrga 9,35 metr (ichki oʻlchamlari 3,5 metrdan 7,3 metr) boʻlgan apsis tomoni shimoli-sharqqa yoʻnaltirilgan ibodatxonani qazib aniqlashgan. Cherkov ham qum-ohakli aralashma bilan xarsangtoshdan qurilgan (poydevor devorlardan tashqariga chiqib ketgan, qalinligi 60-80 sm), kirish qismi 1 m kengligida barpo qilingan. Gʻarbiy devor ichida 11 arkosolium boʻlgan. Ibodatxona sharqiy qismida mehrobni toʻsib turgan toʻsinlar qoldiqlar bor. Maʼbad gumbazsiz boʻlib, tomi kafel bilan qoplangan. Uning belgilariga koʻra — kafellar Laspi yaqinida ishlab chiqarilgan. Qazishma ishlari natijalariga koʻra, ibodatxona Dombrovskiy tomonidan IX — X asrga[3][4] oid deb taxmin qilingan. V. L. Myts fikricha, monastir X-XIII asrlarda mavjud boʻlgan[2].A. Yu. Vinogradov, 1976-yili Ye. A. Parshina tomonidan ustun boʻlagida aniqlangan yozuvni tahlil qilib (eʼlon qilinmagan)[5], uning XI-XII asrga tegishli ekanligini taxmin qilgan[6].

Oʻrganish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vayronalar haqidagi birinchi eslatmani V. X. Kondaraki 1868-yil[7] maqolasida qoldirgan. N. L. Ernst 1935-yilda Ilyos-Qoya ziyoratgohi va ibodatxona xarobalari haqida[8] yozgan. 1967-yilgi qazishmalar O. I. Dombrovskiy boshchiligida Ukraina SSR FA Arxeologiya instituti ekspeditsiyasi tomonidan amalga oshirilgan. 1976-yili bir guruh E. A. Parshina guruhi Laspi hududida tadqiqotlar olib bordi va qator qiziqarli xulosalar berdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Туристическая карта Крыма. ЮБК.“. ЭтоМесто.ru (2007). Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 Мыц В.Л. „Укрепления Таврики X - XV вв“,. . Киев: Наукова думка, 1991 — 146—147 bet. ISBN 5-12-002114-X. 
  3. Домбровский О. И. Из археологических исследований на Южном берегу Крыма (1965–1966 гг.) // Археологические исследования на Украине. — 1967. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр.
  4. Фирсов, Л.В. „Ильяс-Кая — над зедёной чашей Ласпи“,. Исары — Очерки истории средневековых крепостей Южного берега Крыма. Новосибирск: Наука. Сибирское отделение, 1990 — 405—433 bet. ISBN 5-02-029013-0. 
  5. Паршина Е. А. Исследования в урочище Ласпи. // Археологические открытия 1976 года. — 1977. — Andoza:Бсокр.
  6. Виноградов А. Ю. „V 236. Ласпи. Граффити на колонке, XI–XII вв.“. Inscriptiones antiquae Orae Septentrionalis Ponti Euxini. 2021-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-aprel.
  7. В. Х. Кондараки „Байдарская долина в Таврическом полуострове“,. Записки Одесского Общества Истории и Древностей. Одесса: Типография Алексомати — 289 bet.  (Wayback Machine saytida 2021-10-03 sanasida arxivlangan)
  8. Н.Л. Эрнст „Описание памятников“,. Социалистическая реконструкция Южного берега Крыма. Симферополь: Гос. издательство Крымской АССР, 1935 — 431 bet.