Kontent qismiga oʻtish

Iloq etnografik festivali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iloq etnografik festivali
Janri Folklor
Oʻtkazilishi bir yilda bir marta
Lokatsiya Toshkent viloyati Ohangaron tumani
Mamlakat Oʻzbekiston
Tashkilotchi

Iloq etnografik festivali – Oʻzbekistonning Toshkent viloyati Ohangaron tumani Oʻrgʻoz qishlogʻida anʼanaviy tarzda aprel-may oylarida oʻtkaziladigan ochiq folklor festivali.

Festival gʻoyasi Xalqaro „Oltin meros“ xayriya jamoat Fondi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari Zarifa Eshmirzayevaga tegishli. Ilk bor 2016-yilda oʻtkazilgan. 2020-yildan COVID-19 epidemiyasi sababli toʻxtab qolgan. 2022-yildan qayta tiklandi.

Oxirgi marta 2023-yil 16-may kuni tashkil etilgan.

Festival nomi Toshkent viloyatining janubiy qismida Ohangaron daryosi (XIII asr boshlariga qadar Iloq[1] deb atalgan) havzasida joylashgan tarixiy Iloq viloyati nomidan olingan.

Tashkilotchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Festival Toshkent viloyati hokimligi, viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, viloyat madaniyat boshqarmasi, Ohangaron tumani hokimligi, Oʻzbek milliy qoʻgʻirchoq teatri, Xalqaro „Oltin meros“ xayriya jamoat Fondi tomonidan oʻtkaziladi.

Festival jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iloq etnografik festivalida qadimgi Iloq davlatining tarixiy urf-odatlari, odamlarning yashash tarzi, madaniyati, folklor ansambllar, dorbozlarning chiqishlari, teatr ustalarining badiiy mahoratlari namoyish etiladi. Tashrif buyuruvchilar konsert dasturlari, maydon tomoshalari, qolaversa, gastro, etno, sport turizm imkoniyatlaridan bahra oladi.

  • „Iloq“ etnografik festivali beshinchi marotaba barchani hayrat va hikmat chorrahasida jamladi[2]
  • Toshkent viloyatida „Iloq“ xalqaro etnofestivali oʻtkazildi[3]
  • Mejdunarodniy etnograficheskiy festival „lloq“[4]
  • Har yili Toshkent viloyatida oʻtkazib kelinayotgan mashhur „Iloq“ etnofestivali bu yil 16-may kuni Oʻrgʻoz qishlogʻida oʻtkaziladi[5]
  • MOZIYLARDAN KUYLOVCHI ILOQ ETNOGRAFIYASI VA FOLKLORI[6]
  • International Ethnographic Festival „Iloq“[7]
  • VII Mejdunarodniy etnograficheskiy festival Iloq, Tashkentskaya oblast, Axangaranskiy rayon, kishlak Urxiz[8]

Puteshestvie v mnogoobrazie etnografii v Uzbekistane[9]

  • V Uzbekistane proshel etnofestival „Ilok“[10]
  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Iloq_(tarixiy_viloyat)
  2. https://yuz.uz/uz/news/iloq-etnografik-festivali-beshinchi-marotaba-barchani-hayrat-va-hikmat-chorrahasida-jamladi
  3. https://darakchi.uz/uz/166635
  4. https://uzbekistan.travel/ru/vt/iloq/
  5. https://uzreport.news/culture/har-yili-toshkent-viloyatida-o-tkazib-kelinayotgan-mashhur-iloq-etnofestivali-bu-yil-16-ma
  6. file:///C:/Users/%D0%B0%D0%B4%D0%BC%D0%B8%D0%BD/Downloads/Munisa+Xalilova+Doniyor+qizi%20(1).pdf
  7. https://www.dcat.kg/post/festivals-in-uzbekistan
  8. https://dolorestravel.com/ru/guide/festivals
  9. https://dzen.ru/a/Zg-Pt6uzTTjiRov7
  10. https://uz.sputniknews.ru/20230518/v-uzbekistane-proshel-etnofestival-ilok--foto-35051025.html