Ilonburgut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ilonburgut (Circaetus gallicus) — yirtqich qushlar turkumining qarchigʻaylar oilasiga mansub qush. Tanasining uz. 67—72 sm, vazni 1,5—2 kg . Tanasining ustki tomoni xira qoʻngʻir, ostki tomoni oqish, yirik qoʻngʻir xollari bor. Koʻzlari sariq va yirik.

Yevropa, Osiyo va Shim. Afrikada uch-raydi. Oʻzbekistonda daraxt va qoyalarga uya quradi. Bitta oqtuxum qoʻyadi. Urgʻochisi 45 kun tuxum bosadi. Joʻjasi 70—90 kunda uchirma boʻladi. Ozigʻining asosiy qismini har xil ilonlar, kaltakesaklar tashkil etadi. Noyob tur boʻlgani uchun Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil