Ilmiy ishlanmalar bozori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ilmiy ishlanmalar bozori -ilmiy-texnikaviy ishlanmalar va turli loyihalar oldi-sotdi qilinadigan bozor, bozorning yirik segmenti. I.i.b. tenderlar oʻtkazish, kontraktlar tu-zish, grantlar tanlovini oʻtkazish, yarmarka va koʻrgazmalar tashkil etish, yangiliklarni innovatsiya firmalari va birjalardan sotib olish shaklida yuz beradi. Bu bozorda sotuvchi sifatida universitetlar, i.t. muassasalari, konst-ruktorlik, texnologik, loyihalashtirish firmalari faoliyat koʻrsatadi. Ular oʻzi ishlab chiqqan gʻoyalar va lo-yihalarni taklif etadilar. Haridor vazifasini esa turli i.ch. va xizmat koʻrsatish firmalari va davlat idoralari bajaradi. Sotuvchi va haridorlar I.i.b.ning subʼyekti boʻlsa, ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni oʻzida mujassam etgan patentlitsenziya va nouxaular uning obʼyekti hisoblanadi. Ishlanmalar butunlay sotilganda egasining intellektual mulkidan haridor mulkiga aylanadi. Ular qisman sotilganda mulkiy egalik huquqi mulk egasi qoʻlida qoladi, ammo ulardan maʼlum muddatda foydalanish huquqi haridorga oʻtadi. I.i.b.da avval ulardan foydalanib, soʻngra ularni toʻla-toʻkis sotib olish yuzasidan ham bitimlar tuziladi. I.i.b. fan-texnika ta-raqqiyotining muhim omili hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil