Illyuziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Illyuziya (lot. illusio — yanglish tasavvur, yanglishish) — 1) voqelikni notoʻgʻri, yanglish idrok etish. Ikki xil I. farq qilinadi: a) sezgi va idrokning muayyan qonunlari tufayli roʻy beradigan I. lar. Koʻpincha, narsa va hodisalarni yaxlit idrok qilish kishida yanglish tasavvur hosil etadi. Mas, ogʻirligi aynan teng , ammo kat-taligi har xil boʻlgan ikki buyumni ketma-ket koʻtarib koʻrilsa, kattasi yengilroq, kichigi ogʻirrokdek tuyuladi. Buning sababi shundaki, kishi hajmi kattaroq buyumning xajmi kichikroq buyumdan ogʻir ekanligini oʻz tajribasida doimo sinab kelgan, bi-nobarin, hajmi har xil buyumlarni koʻz bilan idrok qilganda beixtiyor shu tajribasiga tayanib, kattaroq buyumlarni ushlaganida koʻproq zoʻr beradi, kichikroq buyumni qoʻliga olganda uncha zoʻr bermaydi.

I. kup hollarda koʻzning chalgʻishi bilan bogʻliq. Bu xil I. lar optik I. deyiladi. Optik I. muayyan sharoitda turli kesmalar uzunligi, burchaklar kattaligi, narsalar oʻrtasidagi masofalar va sh.k. oʻzaro taqqoslanganda ku-zatiladi. Bu xil I. lar turmushda kup uchraydi. Shuningdek, eshitish I. si (birovning nutqidagi ayrim suzlar boshqacha bir maʼnoda aytilgan soʻzdek eshitiladi), harakat I. si (poyezd juda ham tez yurganda vagondagi kishiga goʻyo u harakat qilmayotgandek tuyuladi) va b.; b) insondagi psixofiziologik, koʻpincha hayajonlanish, charchash, qoʻrqish holatlarida roʻy beradigan subʼyektiv I. lar. Mac, oʻrmondagi toʻnka qoʻrqoq odamning koʻziga biron-ta yirtqich qayvonga oʻxshab koʻrinadi. Sogʻlom odamlarda I. oʻtkinchi holat; ayrim psixik kasalliklar (makrop-siya, metamorfopsiya, giperpatiya va h.k.) natijasida paydo boʻladigan I. ancha turgʻun. I. ni yoʻq narsalar bordek boʻlib tuyuladigan holat — gallyusinatsiyav&ya farq qilish kerak.

I. xususiyatlarini bilish ulardan toʻgʻri foydalanish imkoniyatini beradi. Mac, toʻla kishilar uzunasiga yoʻl-yoʻl kiyim kiyishga harakat qiladilar. Chunki bu xil kiyimlarda kishi I. tufayli nisbatan ixcham boʻlib koʻrinadi. Optik I. dan tasviriy sanʼatda, meʼmorchilik va harbiy maskirovkada, bosmaxona shriftlarini tayyorlashda keng foydalaniladi; 2) xom xayol; puch, amalga oshirib boʻlmaydigan reja. Mirkomil Mirboboyev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil