Ili qoʻzgʻoloni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ili qoʻzgʻoloni (1864-66) - Xitoydagi taypin qoʻzgʻoloni taʼsirida Sharqiy Turkistondagi tungan va uygʻurlarning milliy ozodlik harakati. 1863 yil oxirida Ili jonjuni (volisi) ga tunganlarni qirib tashlash haqida Pekindan yuborilgan maxfiy koʻrsatma qoʻzgʻolonga sabab boʻldi. Qoʻzgʻolon tezda bostirilib, uning rahbarlari qatl etildi. Biroq, xalq harakati toʻxtamadi. 1864 yil oktabrda Ili aholisi ustma-ust soliklarga qarshi Abdu-rasul Hakimbek rahbarligida yana qoʻzgʻolon koʻtardi. Qoʻzgʻolonchilar Gʻul-janing xitoylar yashaydigan mahalla-siga toʻsatdan kechasi hujum qilib, koʻp qurol-aslahalarni oʻlja oldi. Tezda Tikas, Chilpanza qoʻrgʻonlarini ishgʻ-ol qildi. 1865 yil 20 dekabrda Bayandoy qalʼasi portlatildi. 1866 yil boshlarida manjur askarlarining asosiy qismi joylashgan Gʻulja qalʼalari ham qoʻlga olindi. Shunday qilib, 1866 yil 23 yanvarda Ili oʻlkasining barcha tumanlari manjurlardan tozalandi. Ili qoʻzgʻoloni davomida uygʻur va tunganlarning mustaqil davlati — Ili sultonligi tuzilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil