Ilgarilanma harakat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ilgarilanma harakat - qattiq jismning eng sodda harakati; bunda jism sirtidan oʻtkazilgan istalgan toʻgʻri chiziq (mas, AV toʻgʻri chiziq, rasm) shu jismning harakati vaqtida oʻziga oʻzi parallel harakatlanadi. Boshqacha aytganda I. h. — qattiq jismning qamma nuqtalari bir xil trayektoriya chizib harakatlanishi. I. h. qilayotgan qattiq jismning hamma nuqtalari oʻzaro parallel trayektoriyalar chizadi, har bir nuqtasi tezlik va tezlanish, yoʻnalish va miqsor jihatdan har doim bir-day boʻladi. Shuning uchun I. h. qilayotgan qattiq jismdagi hamma nuqtalarning harakatini tekshirib oʻtirmasdan biror nuqtasining harakatini tekshirish kifoya. Demak, qattiq jismning I. h. kinematikasi nuqta kinemati-kasidan farq qilmaydi (qarang Kinematika).

Yoʻlning toʻgʻri chizikli qismidagi harakat, mas, teplovoz shatuni, gʻildirak oʻqlari, porshenlar va b. harakati I. h. dir. Mas, mexanizmning AV va CD krivoshiplari aylanganda VS sterjen I. h. qiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil