Ikkilamchi xom ashyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ikkilamchi xom ashyo, ikkilamchi resurelar— dastlabki toʻliq foydalanish (eskirish)dan soʻng i.ch.da asosiy xom ashyo tarzida qayta ishlatilishi mumkin boʻlgan materi -allar va buyumlar, i.ch. va maishiy is-teʼmol chiqindilari. Ularning eng muhimlari: temir-tersaklar, qora, rangli va kimmatbaho metallar chiqindilari; ishlatilgan surkov moylari, yaroqsiz detallar, qogʻoz qiyqimlari va makulatura, toʻqimachilik buyumlari, laxtaklar, toʻzigan avtomobil shinalari va b. Chiqindilarning bir qismidan qayta ishlovsiz, ikkinchi qismidan qayta ishlovdan soʻng foydalaniladi. I.x.a.dan foydalanish katta iqtisodiy samara beradi. Mas, temirtersak qoldigʻini toʻplash va qay-ta ishlash metallni rudadan ishlab chiqarishga qaraganda 25 marta arzonga tushadi. Resurelar cheklangan sharoitlarda qoʻshimcha resurelar manbai boʻlgan I.x.a.dan foydalanish i.ch. samadorligini oshirishda gʻoyat zarur va iqtisodiy maqsadga muvofiq hisoblanadi. Oʻzbekistonda I.x.a.ni yigish, tayyorlash, saralash, dastlabki ishlov berish bilan shugʻullanadigan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tashkil qilingan. Bekobod sh.dagi metallurgiya zavodi toʻplangan chiqindi temir-tersaklar bazasida ishlaydi.

Qodirjon Yusupov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil