Ikkilamchi jinsiy belgilar
Ikkilamchi jinsiy belgilar — odam va hayvonlarda bir jinsni ikkinchisidan farq qilishga imkon beradigan xususiyatlar majmuasi (birlamchi jinsiy belgilar bundan mustasno). Bu belgilar jinsiy gormonlar taʼsirida voyaga yetgan davrda rivojlanadi va hayot davomida saqlanadi (mas, tana oʻlchami va proporsiyasi, rangidagi farq; pavianlar va sherlar erkagining yoli; tuyoqli hayvonlar erkagining shoxi) yoki faqat kuyikish mavsumida paydo boʻladi (ayrim baliqlar va qushlarning rangi va tana shakli). Odamning I.j.b.— tana oʻlchami va proporsiyasi, jun qoplami, yogʻ toʻplanishi, tovush tembridagi farq hamda xotin-qizlarda sut bezlarining , er-kaklarda esa boʻgʻizdagi togʻayning rivojlanganligida koʻzga tashlanadi (yana q. Jinsiy dimorfizm). Mavsumiy I.j,-b.ga hayvonlarning kuyikish davridagi xattiharakatlari (kurash tushish, urgʻochisiga xushomad qilish, in yoki uyaqurish va hokazo) kiradi. I.j.b. har xil jinslarni bir-birini topish va bilib olishga imkon beradi, jinsiy bezlarning yetilishini tezlashtiradi, jinsiy tanlanishga olib keladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |