Ikki palatali tizim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ikki palatali tizim - davlat xuquqida vakolatli organ tarkibida, odatda, alohida-alohida ishlaydigan 2 palata (quyi va yuqori palata)ning mavjudligi. Palatalar turlicha yoʻl bilan tuziladi va turlicha vakolatga ega boʻladi. Tarixan quyi palata bir muncha demokratik hisoblangan, shuning uchun aristokratiya manfaatlarini ifoda etuvchi yuqori palata unga qarshi qoʻyilgan va bu palata quyi pala-taga nisbatan tizginlovchi vazifasini oʻtashi kerak boʻlgan. I.p.t. hozirgi vaqtda federativ davlatlart ham, uni-tar davlatparsa ham mavjud. Parlamentning quyi palatasi hamma vaqt be-vosita aholi tomonidan saylanadi. Yuqori palata turli yoʻl bilan — bilvo-sita saylovlar (Fransiya, Avstriya, GFR) yoki toʻgʻridan-toʻgʻri saylovlar (AQSH, Italiya, Avstraliya, Yaponiya) yoʻli bilan shakllantiriladi. Ayrim mamlakatlarda yuqori palata nasldan naslga oʻtish belgisi boʻyicha tuziladi (Buyuk Britaniya), yoki uning aʼzolarini davlat boshligʻi tayinlaydi (Kanada). Bir qancha hollarda yuqori palatalar aralash yoʻl bilan shakllantiriladi: aʼzolarning bir qismi saylanadi, bir qismi tayinlanadi, qolganlar nasldannaslga oʻtish qoidasiga koʻra oʻz oʻrnini egallaydi (Nepal). Yuqori palatalarning deputatligiga nomzodlar uchun, odatda, ancha qattiq talablar qoʻyiladi (birmuncha yuqori yosh senzi va b.). Hoz. parlamentlarning koʻpchiligida yuqori palatalarning huquqlari quyi palatalarnikiga nisbatan cheklangan (mas, koʻp mamlakatlarda moliyaviy qonun loyihalarini faqat quyi palatalar kiritishi mumkin, yuqori palatalar esa ularning qabul qilinishiga biron-bir taʼsir koʻrsa-ta olmaydi).

Bir palatali tizimda ishlab kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 3chaqiriqpan eʼtiboran 2 palatali tizimga oʻtadi. Bu haqda 2002 y. 27 yanvar da mamlakatda umumxalq referendumi oʻtkazildi. "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida"gi OʻzRning Konstitutsiyaviy qonuni (2002 -"i. 4 aprel)ga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — OʻzR Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (quyi palata)dan hamda OʻzR Oliy Majlisining Senati (yuqori palata)dan iborat boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil