Kontent qismiga oʻtish

Ikitos

Vikipediya, erkin ensiklopediya

IkitosPeruning shimoli-sharqiy qismidagi shahar. Amazonka daryosidagi port (dengiz kemalari ham kira oladi). Loreto departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi – 367 ming kishi (2000). Neftni qayta ishlash, toʻqimachilik, yogʻochsozlik korxonalari bor. Qishloq xo'jaligi (paxta, tamaki va sholi) va oʻrmon kasbkorligi (kauchuk, tagua yongʻogʻi, smola tayyorlash) rayoni markazi. Milliy universitet bor. Shaharga 1863-yilda asos solingan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil