Ijtimoiy struktura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ijtimoiy struktura - ijtimoiy tuzum tarkibiy qismlari oʻrtasidagi barqaror va tartiblashgan aloqalar tarmogʻi. Ijtimoiy guruhlar munosabatlari, mehnat taqsimoti, ijtimoiy tartibotlar (davlat va b.) xususiyati bilan belgilanadi. Aholining I.s.si, shuningdek, uning kasbhunar, milliy, jins, yosh, madaniy va b. belgilari boʻyicha boʻlinishini ham oʻz ichiga oladi. I.s. ijtimoiy hayot xususiyatini oʻzida ifoda etib, jamiyatni tashkil etuvchi elementlar oʻrtasidagi munosabatlarni aks ettiradi. 19-a. da yashagan ijtimoiy fanlar tadqiqotchilari (ingliz olimi Radkliff-Braun va b.) jamiyatni muayyan qonuniyatlar asosida ishlovchi mashina yoxud jonli organizmga taqqoslab oʻrganganlar. I.s. nimalardan iborat, degan masalada turli ilmiy qarashlar mavjud. Baʼzilar bu tushunchani odamlar guruhlarining oʻzaro umumiy munosabatlari majmui bilan bogʻlasa, boshqalar jamiyatdagi turli ijtimoiy tartibotlarni na-zarda tutganlar. Ayrim sotsiologlar I.s. ga muayyan ijtimoiy voqelikdagi oʻzgarishlarni tavsiflash imkoniyati sifatida karaydilar. I.s. real ifodala-nuvchi voqelik tarzida emas, u mavhum formula shaklida namoyon boʻladi. Shuning uchun I.s. ni muayyan shakllarga solib oʻrganishga urinish notoʻgʻridir. Ix. mazmuni oʻzgarayotgan zamon va makon mohiyatiga muvofiq ravishda moslashib, mutanosiblashib boradi.

Mansur Bekmurodov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil