Ijtimoiy nafaqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ijtimoiy nafaqa - muayyan sa bablarga koʻra, mehnat qilish imkoniya-tiga ega boʻlmagan va doimiy ravishda yordam ga muhtoj fuqarolarga davlat tomonidan beriladigan nafaqa. Birinchi marta Oʻzbekiston Respublikasida I.n. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 y. 24 iyundagi qarori bilan joriy qilingan (1990—94 y. larda ijtimoiy pensiyalar).

I.n. 16 yoshgacha nogiron bolalar, 1-va 2-guruh bolalikdan nogironlar hamda pensiya tayinlash uchun mehnat stajiga ega boʻlmagan va ularni boqishga majbur boʻlgan qarindoshlari boʻlmagan 65 yoshga toʻlgan erkaklar, 60 yoshga toʻlgan ayollarga, 1- va 2-guruh nogironlariga tayinlanadi.

I.n. miqdori pensiyadan farqli ravishda qatʼiy miqdorda belgilanadi. Respublikada bolalikdan nogironlarga beriladigan I.n. oyiga 8970 soʻm, zarur mehnat stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan I.n. oyiga 5435 soʻm (2002, 1 avg .). 2002 y. 1 yanvar holatiga koʻra Oʻzbekistonda I.n. oluvchilar 258,8 ming kishini tashkil etadi va ularning asosiy qismini bolalikdan nogiron boʻlganlar (229,9 ming kishi) tashkil etadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil