Iiro Tarkki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iiro Tarkki
Tarkki Salavat Yulaev Ufa klubida 2012-yil
Tugʻilgan joyi 1-iyul 1985-yil (1985-07-01) (38 yosh)
Rauma, Finlandiya
Boʻyi 6 ft 2 in (188 cm)
Ogʻirligi 192 lb (87 kg; 13 st 10 lb)
Pozitsiyasi darvozabon
Oʻynagan jamoalari Lukko
SaiPa
Espoo Blues
Anaheim Ducks
Salavat Yulaev Ufa
Linköpings HC
Oulun Kärpät
Jamoalardagi faoliyat 2004—2015

Iiro Tarkki (talaffuzi: Iyro Tarkki) (1985-yil 1-iyulda tugʻilgan) — finlandiyalik sobiq professional xokkey darvozaboni. Iiro Tarkki oxirgi marta Finlandiya Ligasi vakili „Oulun Kärpät“ xokkey klubi bilan oʻynagan. Iiro Tarkki darvozabon Tuomas Tarkkining ukasi hisoblanadi[1].

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iiro Tarkki dastlab oʻz vatani Finlandiyada „Lukko“, „SaiPa“ va SM liiga vakili „Espoo Blues“ xokkey klublari bilan professional tarzda xokkeychilik faoliyatini olib borgan[2]. 2011-yilning 6-mayida Iiro Tarkki „Anaheim Ducks“ xokkey kjlubi bilan bir yillik boshlangʻich darajadagi shartnomaga daxlsiz erkin agent sifatida imzo chekdi[3].

Iiro Tarkki oʻzining NHLdagi ilk oʻyinini 2012-yilning 8-yanvarida „Ducks“ xokkey klubi safida „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubiga qarshi oʻtkazdi. Ushbu uchrashuvda asosiy darvozabon Jonas Hiller birinchi boʻlim oxirida jarohat oldi va Iiro Tarkki uning oʻrniga maydonga tushirildi. Iiro Tarkki ushbuy uchrashuvda „Ducks“ xokkey klubining 7-4 hisobida gʻalaba qozonishiga hissa qoʻshdi. Bu koʻrsatkich bilan klub NHLdagi birinchi gʻalabasini nishonlandi[4][5].

2013-yil 2-oktyabrda Iiro Tarkki Kontinental Xokkey Ligasi (KHL) vakili „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey klubi bilan shartnomani bekor qilgandan soʻng erkin agentga aylandi[6]. 2013-yil 18-noyabrda Iiro Tarkki „Linköpings HC“ xokkey klubi bilan mavsumning qolgan qismi uchun shartnomaga rozilik berib, Shvetsiya Xokkey Ligasiga oʻtdi.

Keyinchalik Finlandiya chempionatiga qaytib, „Oulun Kärpät“ xokkey klubi bilan (ikkinchi mavsumida) Iiro Tarkki 2015—2016-yilgi mavsumda 12 ta oʻyinda maydonga tushdi va shartnoma bekor qilinishidan oldin 2015-yil 31-dekabrda professional faoliyatini yakunladi[7].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Ishtirok Gʻalaba Magʻlubiyat T/OT MIN GA SO GAA SV% Ishtirok Gʻalaba Magʻlubiyat MIN GA SO GAA SV%
2004—2005 Lukko SM-l 1 0 0 0 20 0 0 0.00 1.000
2006—2007 SaiPa SM-l 2 1 1 0 120 7 0 3.50 .841
2007—2008 SaiPa SM-l 40 10 19 7 2331 94 4 2.42 .910
2008—2009 SaiPa SM-l 48 14 27 6 2753 129 1 2.81 .914 3 3 0 189 6 0 1.90 .938
2009—2010 Espoo Blues SM-l 54 22 22 9 3228 131 2 2.44 .918 3 1 2 220 7 0 1.91 .937
2010—2011 Espoo Blues SM-l 55 20 20 14 3218 112 5 2.09 .924 18 10 8 1097 40 3 2.19 .924
2011—2012 Syracuse Crunch AHL 50 24 17 4 2788 114 2 2.45 .925 4 1 3 244 15 0 3.68 .881
2011—2012 Anaheim Ducks NHL 1 1 0 0 41 3 0 4.39 .700
2012—2013 Salavat Yulaev Ufa KHL 39 20 11 6 2278 90 4 2.37 .913 14 7 7 881 35 2 2.38 .918
2013—2014 Salavat Yulaev Ufa KHL 4 1 2 1 248 13 0 3.13 .906
2013—2014 Linköpings HC SHL 11 4 5 0 558 32 0 3.44 .891
2014—2015 Oulun Kärpät Liiga 23 11 5 6 1296 43 3 1.99 .921 13 7 5 726 25 2 2.07 .917
2015—2016 Oulun Kärpät Liiga 12 6 6 0 651 24 1 2.21 .915
NHL totals 1 1 0 0 41 3 0 4.39 .700

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Tuomas Tarkki player profile“. eliteprospects.com (5-aprel 2015-yil). Qaraldi: 5-aprel 2015-yil.
  2. „Blues' 2010–11 Roster“. hockeydb.com (1-aprel 2011-yil). Qaraldi: 1-aprel 2011-yil.
  3. „Ducks Signs Finnish Goaltender Tarkki“. Anaheim Ducks (6-may 2011-yil). Qaraldi: 6-may 2011-yil.
  4. „Columbus Blue Jackets at Anaheim Ducks Game Recap“. National Hockey League (8-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 8-yanvar 2012-yil.
  5. „Iiro Tarkki player profile“. Anaheim Ducks (12-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2011-yil.
  6. „Iiro Tarkki contract mutually terminated“ (ruscha). itartass.com (2-oktabr 2013-yil). Qaraldi: 2-oktabr 2013-yil.
  7. „Iiro Tarkki ends professional career in Oulun“ (fincha). iltalehti.fi (31-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 31-dekabr 2015-yil.