Ihtilom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ihtilom, pollyusiya — erkaklarda gʻayriixtiyoriy bulgʻanish (sperma kelishi). I. koʻpincha oʻsmirlarda roʻy beradi va jinsiy balogʻatga yetish davrining boshlanganini bildiradi; bir maromdagi jinsiq hayot boshlangach, I. toʻxtaydi. Birinchi I.ning paydo boʻlishi bolaning individual tugʻma xususiyatlari, umumiy sogʻligi, hayot tarzi va qiziqishlariga bogʻliq. Tungi I.dan tashqari, kishi kunduzi uygʻoq vaqtida ham (baʼzan ayolni oʻpganda yoki yalangʻoch holda koʻrganda va h.k.) I. boʻlib qolishi mumkin. Katta kishilarda tungi I. oʻzi odatlangan jinsiy aloqani toʻxtatganda kuzatiladi. I. kasallik alomati boʻlmay, aksincha, jinsiy bezlarning gormonal faolligi saqlanganligidan dalolat beradi. Markaziy nerv sistemasi, prostata bezi kabi aʼzolar kasalliklarida I. doimiy tus oladi. Bunda mutaxassis vrachga murojaat qilish kerak. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil