Kontent qismiga oʻtish

Igor Mezensev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Igor Volodimirovich Mezensev
Tavalludi 9-sentyabr 1915-yil
Jitomir, Rossiya imperiyasi
Vafoti 9-mart 1984-yil(1984-03-09)
(68 yoshda)
Kiyev, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi arxitektor
Taʼlimi Milliy tasviriy sanʼat va arxitektura akademiyasi
Mukofotlari

Igor Volodimirovich Mezensev (1915-yil 9-sentyabr, Jitomir – 1984-yil 9-mart, Kiyev[1]) – ukrainalik sovet davri meʼmori, rassomi, grafik dizayneri va oʻqituvchisi[2]. 1969-yildan beri Ukraina arxitektorlar uyushmasi aʼzosi. Arxeolog Xalinaning eri, tarixchi Vladimir va rassom Oleksiy Mezensevlarning otasi.

Igor Volodimirovich Mezensev 1915-yil 9-sentyabrda Jitomir shahrida (hozirgi Ukraina) tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. U muhandislik qoʻshinlarida xizmat qilgan[3]. 1946-yilda Kiyev rassomlik institutining arxitektura fakultetini tamomlagan. U 1951-yilda Ukraina SSR Qurilish va arxitektura akademiyasining aspiranturasida (Yevgeniy Katonin, Vladimir Zabolotniy va Boris Priymak qoʻl ostida) tahsil olgan.

Igor Volodimirovich Mezensev 1967-yildan boshlab Kiyev rassomlik institutida dars bera boshladi. „Dipromisto“ Ukraina shaharsozlik institutida ishlagan. 1968—1976 yillarda bosh arxitektor, 1972—1976-yillarda direktor oʻrinbosari, 1976—1977-yillarda texnik boʻlimning bosh mutaxassisi boʻlib ishlagan. U 1984-yil 9-martda Kiyevda vafot etdi.

Igor Volodimirovich Mezensev quyidagi loyihalarni amalga oshirgan:

Kiev geofizika rasadxonasi (1947—1950);

Ukraina SSR xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasidagi bosh reja, asosiy kirish, ayvon va favvora (1951—1957);

Odessa, Truskavetsdagi kurort pansionatlarining loyihalari va qurilishi (1964—1969);

Poltavadagi Askarlar shon-sharafi yodgorlik majmuasi (1968—1971);

Kievdagi „Ulugʻ Vatan urushi tarixi milliy muzeyi“ memorial majmuasi (1973—1981);

Kiyevdagi Komsomolskiy turar-joy massividagi mikrorayon (1964—1968, hammuallif);

Toshkent shahridagi „Ukraina“ mikrorayoni (1967—1969, hammuallif);

Arxitektura va shaharsozlik boʻyicha bir qator maqolalar muallifi hisoblanadi.

U rangtasvir va grafika sohasida ishlagan (landshaftlar, natyurmortlar, portretlar chizgan).

  • 1-darajali (1945-yil 7-iyul) va 2-darajali (1945- yil 21-mart) Vatan urushi ordenlari, Qizil yulduz ordeni (1944-yil 16-mart);
  • „Jangovar xizmatlari uchun“ (1943-yil 25 avgust), „Pragani ozod qilgani uchun“ (1945-yil 9-iyun), „Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“, „Varshavani ozod qilgani uchun“ medallari;
  • Словник художників України / за ред. М. П. Бажана (відп. ред.) та ін. — К. : Головна редакція Української радянської енциклопедії, 1973. — С. 148.
  • Українська радянська енциклопедія : у 12 т. / гол. ред. М. П. Бажан ; редкол.: О. К. Антонов та ін. — 2-ге вид. — К. : Головна редакція УРЕ, 1974–1985.;
  • Митці України : Енциклопедичний довідник / упоряд. : М. Г. Лабінський, В. С. Мурза ; за ред. А. В. Кудрицького. — К. : «Українська енциклопедія» ім. М. П. Бажана, 1992. — С. 395. — ISBN 5-88500-042-5. [Архівовано з першоджерела 12 вересня 2022.];
  • Головань О. В. Мезенцев Ігор Володимирович // Енциклопедія сучасної України / ред. кол.: І. М. Дзюба [та ін.] ; НАН України, НТШ. — К. : Інститут енциклопедичних досліджень НАН України, 2001­–2023. — ISBN 966-02-2074-X.