Igor Kurchatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Igor Vasilyevich Kurchatov [1902.30.12 (1903.12.1), Sim shahri, hozirgi Chelyabinsk viloyati Asha tumani —1960.7.2, Moskva] — rus fizik olimi, akademik (1943). Atom fani va texnikasining tashkilotchilaridan biri. Qrim universitetini tugatgan(1923). 1925 yildan Leninfad fizika-texnika institutida A. F. Ioffe rahbarligida ishlay boshlagan. 1943 i. da laboratoriya tashkil etib, unga rahbarlik qilgan (keyinchalik bu laboratoriya SSSR Fanlar akademiyasi Atom energiyasi institutiga aylantirilgan). Ilmiy ishini dielektriklar tabiatini oʻrganishdan boshladi. Segnet tuzining elektr xossalarini oʻrganib, segnetoelektriklar nazariyasiga asos soldi. 1933 yildan atom yadrosi fizikasi masalalari bilan shugullanib, sunʼiyradioaktiv izotoplar yadro izomeriyasi hodisasini (1935), rus olimlari K. A. Petrjak, G. N. Flyorov bilan birgalikda uran-235ning oʻz-oʻzidan boʻlinishini kashf qildi (1940). K. rahbarligida Moskvada siklotron (1944), Yevropada birinchi atom reaktori (1946), birinchi sovet atom bombasi (1949) va dunyoda birinchi termoyadro bombasi (1953), dunyoda birinchi atom elektr stansiyasi (1954) yaratildi va boshqariladigan termoyadro sintezi muammolariga oid tadqiqotlar qilishga kirisha boshlandi. K. tashabbusi bilan Oʻzbekistonda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti tashqil qilingan.[1]

Adabiyot[tahrir]

  • Golovin I. N., I. V. Kurchatov, M., 1967; Astashenkov P. T., Akademik I. V. Kurchatov, M., 1971.

Manbalar[tahrir]

  1. "Kurchatov Igor Vasilyevich" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil