Igor Coronado

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Igor Coronado

  1. Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Igor Caique Coronado
Tavallud sanasi 1992-yil 18-avgust (yoshi 30)
Talavallud joyi Londrina, Braziliya
Boʻyi 1.70 m (5 ft 7 in)
Pozitsiyasi Hujumkor yarim himoyachi
  1. Klub faoliyati
Hozirgi klubi
Al-Ittihad
Raqami 10
  1. Yoshlikdagi faoliyati
2007-2011 Milton Keynes Dons
2011-2012 Grasshoppers
  1. Professional faoliyati
Yillar Gollar
2011

(0)

2012

(1)

2012-2016

(32)

2015-2016

(8)

2016-2017

(11)

2017-2018

(9)

2018-2021

(41)

2021-

(4)

Igor Coronado (talaffuzi: Igor Koronado) (1992-yil 18-avgustda tugʻilgan) — braziliyalik professional futbolchi, Saudiya Arabistoni Professional Ligasi „Al-Ittihod“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yillarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Coronado 2007-yilda 15 yoshida Angliyaning Milton Keyns Dons klubi akademiyasiga qoʻshilgan[1].2011-yilning 7-mayida, 18 yoshida, Igor Coronado 2010—2011-yilgi mavsumda „Oldxem Athletic“ jamoasiga qarshi kechgan klubning soʻnggi oʻyinida zaxiradan maydonga tushgan edi[2].

2010—2011-yilgi mavsum tugaganidan keyin Coronado Shveysariyaning „Grasshoppers“ klubining zaxira jamoasiga qisqa muddatga qoʻshildi va shundan keyin Angliyaning yettinchi toifadagi „Banberi Yunayted“ klubi bilan shartnoma imzoladi[3][4].

Floriana[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilning noyabrida Coronado Malta Premer-ligasi klubi Floriana jamoasiga qoʻshildi[5]. Igor Coronadoning Floriana jamaosi safidagi ligadagi debyut oʻyinida jamoa 2012-yilning 10-noyabrida Melita jamoasi bilan mehmonda 2:2 hisobida durang oʻynadi[6]. Igor Coronadoning klub uchun ligadagi birinchi goli 2012-yilning 10-dekabrida Balzanga qarshi oʻz uyida 3:1 hisobida gʻalaba qozonilganiada urilgan. Igor Coronadoning Floriana jamoasi uchun oʻyindagi uchinchi golni 48-daqiqada kiritildi[7]. Klubdagi faoliyati davomida Coronado ligada 63 ta oʻyinda jami 32 ta gol urdi, shu jumladan, uchta xet-trik qayd etdi[8][9][10].

Trapani[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 12-avgustida Coronado Italiya B seriyasining „Trapani“ klubiga bir mavsumga ijara asosida qoʻshildi. 2015-yil 6-sentyabrda Igor Coronado klubdagi debyutini oʻtkazdi va oʻz maydonida „Ternana“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Igor Coronadoning ushbu klub uchun ligadagi birinchi goli ham oʻsha oʻyinda 52-daqiqada kiritildi[11].

Palermo[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 11-iyulida Coronado toʻrt-yillik shartnoma asosida Italiya B Seriyasining yangidan shakllanib kelayotgan „Palermo“ klubiga qoʻshildi[12]. Igor Coronadoning ligadagi debyut oʻyini 2017-yilning 26-avgustida Spezia Calcio jamoasiga (2:0) qarshi oʻtkazildi. Igor Coronado oʻsha oʻyinda golli uzatmani amalga oshirib, Iliya Nestorovskining 52-daqiqada gol urishiga yordam berdi[13]. Igor Coronadoning „Palermo“ safidagi birinchi ligadagi goli 2017-yilning 9-sentyabrida „Empoli“ga qarshi oʻyinda (3:3) kiritilgan. Igor Coronadoning goliga Eddi Gnahore assistentlik qildi va Igor Coronado ushbu golini oʻyinning 14-daqiqasida kiritildi[14]. Igor Coronadoning „Palermo“ uchun birinchi ligadagi xet-trigi 2018-yilning 25-martida „Karpi“ jamoasi ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonganida kiritildi[15].

Al-Ittihod[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharja jamoasi safida uch-yil oʻynagach, Coronado 2021-yilning iyul oyida Saudiya Arabistoni Professional Ligasi Al-Ittihod klubiga 12 million dollar evaziga qoʻshildi[16].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 16-fevral holatiga ko`ra[17]
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi AFC chempionlar ligasi Jami
Division Oʻtkazgan oʻyinlari Gol Oʻtkazgan oʻyinlari Gol Oʻtkazgan oʻyinlari Gol Oʻtkazgan oʻyinlari Gol Oʻtkazgan oʻyinlari Gol
Floriana 2012-13 Malta Premier Ligasi 21 13 1 0 22 13
2013-14 Malta Premier Ligasi 31 14 1 0 32 14
2014-15 Malta Premier Ligasi 11 5 0 0 11 5
Jami 63 32 2 0 65 32
Trapani (ijara asosida) 2015-16 Italiya B Seriyasi 41 8 1 0 42 8
Trapani 2016-17 Italiya B Seriyasi 34 11 2 1 36 12
Jami 75 19 3 1 78 20
Palermo 2017-18 Italiya B Seriyasi 29 6 1 0 30 6
Jami 29 6 1 0 30 6
Sharjah 2018-19 UAE Pro-Liga 26 17 3 0 3 2 32 19
2019-20 UAE Pro-Liga 11 7 2 0 5 3 4 2 22 12
2020-21 UAE Pro Liga 25 17 3 2 0 0 3 0 31 19
Jami 62 41 7 2 8 4 7 2 84 49
Al-Ittihad Club (Jeddah) 2021-22 Saudiya Arabistoni Professional Ligasi 12 4 1 0 1 0 0 0 14 4
Jami 12 4 1 0 1 0 0 0 14 4
Karyera jami 241 102 14 3 9 4 7 2 271 111

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Floriana

  • Malta yozgi kubogi: 2013-yil 

Sharja FC

  • Arabiston koʻrfazi ligasi: 2019-yil
  • Arab koʻrfazi Superkubogi: 2019-yil

Individual

  • Malta Premer-ligasining eng yaxshi xorijlik futbolchisi: 2013[18]
  • Saudiya Arabistoni Professional Ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi: 2021-yil sentyabr[19]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Released by MK Dons, Igor Coronado now lined up for Watford switch“. HITC Sport (21-mart 2018-yil). Qaraldi: 21-mart 2018-yil.
  2. „Oldham Athletic 1-2 MK Dons“. BBC Sport (7-may 2011-yil). Qaraldi: 21-mart 2018-yil.
  3. „FOOTBALL: Ashton gets Banbury off mark“. Oxford Mail (17-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 21-mart 2018-yil.
  4. „Igor Coronado Profile“. Aylesbury United. Qaraldi: 21-mart 2018-yil.
  5. „Vaughan Jr appointed Floriana president“. Times of Malta (1-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 21-mart 2018-yil.
  6. „Melita vs. Floriana – 20 November 2012“. Soccerway.
  7. „Floriana vs. Balzan – 10 December 2012“. Soccerway.
  8. „Coronado treble floors Spartans“. Times of Malta (17-mart 2013-yil). Qaraldi: 21-mart 2018-yil.
  9. „Dazzling Coronado knocks out Magpies“. Times of Malta (22-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 21-mart 2018-yil.
  10. „Coronado strikes to tame the Lions“. Times of Malta (27-aprel 2015-yil). Qaraldi: 21-mart 2018-yil.
  11. „Game Report“. Soccerway (6-sentabr 2015-yil).
  12. „IGOR CORONADO E' DEL PALERMO“. U.S. Città di Palermo (11-iyul 2017-yil). 2018-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-mart 2018-yil.
  13. „Palermo vs. Spezia – 26 August 2017“. Soccerway.
  14. „Palermo vs. Empoli – 9 September 2017“. Soccerway.
  15. „Palermo vs. Carpi – 25 March 2018“. Soccerway.
  16. „From MK Dons to Al-Ittihad via Sharjah; how Igor Coronado became the most expensive signing in Gulf football history“. arabnews.com (7-iyul 2021-yil). Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
  17. „Games played by Igor Coronado“. Soccerway UK. 2018-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-fevral 2019-yil.
  18. „Coronado best player for October“. Times of Malta (9-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 21-mart 2018-yil.
  19. „رزيتش مدرب ضمك وحارسه، وكورنادو وبوشل يحصدون جوائز شهر سبتمبر.“.