Ignalar mintaqasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ignalar mintaqasi - yer sunʼiy yoʻldoshi yordamida maʼlum balandlikka konteynerda chiqarilib, Yer atrofiga sochib yuboriladigan kalta mis yoki volfram tolalardan iborat kat-lam. I. m. radiorele aloqalarida maxsus yoʻnalishga ega boʻlmagan toʻlqin tarqatish uchun passiv retranslyator vazifa-sini bajarishi mumkin. Yer sirtining istalgan nuqtalari orasida radioaloqa bogʻlash uchun 4000 km balandlikka ekvatorial qutb tekisligidagi ikkita I. m. yetarli. Undan bir necha yil foydalanish mumkin. U arzon va ishonchli, lekin radiosignallarni hamma tomonga sochgani uchun qabul qilinayotgan signal kuchsiz boʻladi, xabarlar sekin uzatiladi. I. m. yer sunʼiy yoʻldoshlari uchun xavfli boʻlishi mumkin. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil