Kontent qismiga oʻtish

Ifor yoxud bir mahkum qissasi (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ifor yoxud bir mahkum qissasi
Das Parfum. Die Geschichte eines Mörders
Rejissyor(lar) Tom Tikver
Prodyuser(lar) Bernd Ayxinger
Ssenariynavis(lar)

Bernd Ayxinger

Tom Tikver
Qaysi asarga
asoslangan
Patrik Zyuskind romani asosida
Rollarda

Ben Uishov Alan Rikman Reychl Herd-vud

Dastin Hoffman
Operator(lar) Frank Gribe
Postanovkachi
rassom(lar)
Uli Hanish
Studiya(lar)

Constantin Film[1] VIP Medienfonds 4[1] Nouvelles Editions de Films[1]

Castelao Productions[1]
Distribyutor

DreamWorks Pictures[1] Paramount Pictures (Shimoliy Amerika)[1] Constantin Film Verleih[1] (Germaniya) Metropolitan Filmexport (Fransiya)

Filmax (Ispaniya)[2]
Davomiyligi 147minut
Til inglizcha
Byudjeti $6mln
Daromadi $135mln

Ifor yoxud bir mahkum qissasi (nemischa: Das Parfum. Die Geschichte eines Mörders ) – 2006-yilda rejissyor Tom Tykver tomonidan suratga olingan dramatik film. Patrik Zyuskindning shu nomdagi romani asosida suratga olinib, birinchi marta 1985 yilda nashr etilgan. 2000-yillar boshida britaniyalik rejissyor Ridli Skott romanni suratga olish niyat qilgan[2].

1738-yili Parijda gʻayrioddiy chaqaloq – Jan-Batist Grenuy Parij kanalizatsiyasida, baliq bozori peshtaxtasi ostida dunyoga keldi. Bir uyum baliq ichaklari orasiga tashlab ketilgan chaqaloq hayotidagi hech narsa bilan taqqoslab boʻlmaydigan birinchi zarbani boshdan kechiradi. Tasavvur qilib boʻlmaydigan psixologik zarba tufayli u barcha tashqi hidlarni ajratishga harakat qila boshlaydi. Bolalar uyidan uni koʻnchi Grimalga berishadi. Grenuy koʻp yillar davomida unga ishlaydi. Teri savdosi bilan shugʻullanayotgan Grenuy qochib ketadi va italiyalik parfyumer Baldiniy (Dastin Xoffman) doʻkoniga kirib qoladi. Uning doʻkoni katta tanazzulga yuz tutagandi. Grenuy parfyumerlik sanʼatini oʻrganish istagini bildirganda Baldini avvaliga uni rad etadi. Keyinchalik esa sinov tariqasida „juda pala partish“ deb hisoblanuvchi „Cupid and Psyche“ parfyumeriya formulasini aralashtirishni taklif qiladi. Gʻazablangan Baldini Grenuyni haydab yuboradi, lekin aralashmani sinab koʻrgach, bolakay daho ekanligini tushunadi. Grenuyning xushboʻy hidlar yaratish qobiliyatidan hayratda qolgan Baldini uni koʻnchilik zavodidan 50 frankga sotib oladi va uni oʻziga shogird qilib oladi.

Keksa parfyumer qoʻlida ishlagan Grenuy unga yuzlab parfyumeriya formulalarini qoldiradi va xushboʻy hidlarni saqlash sanʼatini oʻrganish istagida Parijdagi eng yaxshi parfyumerlar chiqqan Fransiyaning Grasse shahriga yoʻl oladi. U yerda qahramon oʻzining shafqatsizligi va sovuqqonligi bilan hayratlanarli tajriba oʻtkazadi – u sevib qolishga, odamlarni aqldan ozdirishga va olomonni boʻysundirishga qodir boʻlgan yagona va takrorlanmas atir yaratishga qaror qiladi. Soʻngra oʻn uch qizning iforini aralashtirib, ularni birin-ketin oʻldiradi va koʻchaga tashlab ketadi. Ulardan iforni „chiqarib olish“ uchun Grenuy qurbonlarning yalangʻoch tanasini hayvon yogʻi bilan boʻyalgan teriga oʻraydi va sochlarini kesgan holda undan ham iforni siqib chiqaradi. Bunday qoʻpol jinoyatlardan qoʻrqib ketgan shahar aholisi va ayniqsa shahar zodagonlari qizlarini yashirishga harakat qiladilar. Xalq tomonidan qotilni jazolashga chaqirilgan arxiyepiskop oʻz hukmini shunday deb eʼlon qiladi - „jinoyatchi cherkovdan umrbodga haydab yuboriladi, u hech qachon muqaddas marosimlarda qatnasha olmaydi va hech qachon kechirilmaydi“.

Yaratilajak ifor uchun barcha kerakli „tarkibiy qismlarni“ yigʻib boʻlgach Jan-Batist oʻzining oxirgi qurboni Laura (Reychel Xerd-Vud) ning otasi (Alan Rikman) tomonidan qoʻlga olinadi. Sud jarayonida koʻplab odamlar qotilning oʻlimga hukm qilinishini talab qilishadi, lekin bir necha daqiqadan soʻng ular atir hididan karaxt boʻlib qolishadi. Ularning koʻzlariga farishta va yangi Masih boʻlib koʻringan Jan-Batist oldida barchasi taʼzim qilishadi. Qotil kundasi oldiga chiqishdan oldin Grenuy qordek oppoq roʻmolchaga bir tomchi atirni quyadi va hamma odamlar bu xushboʻy hidni sezib, qotilni aybsiz deb eʼlon qilishadi. "U begunoh, – deb pichirlaydi jallod tiz choʻkib va oxirgi qurbonning otasi esa uni oʻz oʻgʻli deb tan oladi. Atir nafaqat Jan-Batistning hayotini saqlab qoladi, balki arxiyepiskopning boshida boʻlgan maydonda ommaviy orgiyani ham qoʻzgʻatadi. Ertasi kuni ertalab hushiga kelgan odamlar yana qotilni qidirishga kirishadilar. Jan-Batisning oxirgi ish beruvchisi qoʻlga olinadi va qatl qilinadi, uning uyida qurbonlarning sochlari va kiyimlari qoldiqlari topiladi. Grenuy oʻzining sevilishga iloji yoʻqligidan qiynalib Parijga boradi va bir guruh uysiz odamlarni koʻrib, butun shisha atirni oʻzining ustidan quyib yuboradi, bu esa uni aqldan ozgan olomon tomonidan yoʻq qilinishiga olib keladi. Bu Parij markazidagi bozorda sodir boʻladi. Yaʼnikim u tugʻilgan joyda[1].

Aktyor Rol
Ben Uishov Jan-Batist Grenuy Jan-Batist Grenuy
Dastin Xoffman Juzeppe Baldini Juzeppe Baldini
Alan Rikman Antuan Rishi Antuan Rishi
Reychl Herd-Vud Laura Rishi Laura Rishi
Karolina Herfurt olxoʻri koʻtargan qiz olxoʻri koʻtargan qiz (Grenuyning 1-qurboni)
Sara Foryestye Janna Janna
Коринна Харфаух Arnulfiy xonim Arnulfiy xonim
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 „Perfume: The Story of a Murderer (2006)“. Box Office Mojo. 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
  2. Нейтан 2021.
  • Нейтан, Иэн. Ридли Скотт. Гений визуальных миров. От Чужого до Марсианина, Подарочные издания. Кино. М.: Эксмо, 2021. ISBN 978-5-04-113211-8. 
  • Парфюмер. От книги к фильму. М.: Азбука-классика, 2007. ISBN 978-5-91181-445-8.