Ichak buralishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ichak buralishi - ichak tutilishmning bir xili. Bunda ichak tutqichi bilan birga buralib qolib, undagi tomir va nervlar qisiladi, natijada ichakning shu qismida qon aylanishi va innervatsiya buziladi. Ayni vaktda ichak berkilib, ichidagi massa va gaz oʻtmay qoladi. I. b.ga gumon tugʻilganda (qorin toʻsatdan qattiq ogʻrib, ich kelmaganda va yel chiqmay, ich dam boʻla-verganda) bemorni tezda kasalxonaga yotqizib, operatsiya qilish kerak. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil