Shukur Ibrohimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ibrohimov Shukurdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Ibrohimov Shukur (1927. 5.3, Toshkent) — seleksionergenetik olim, qishloq xoʻjalik fanlari d-ri (1974), prof. (1976), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1972). Toshkent qishloq xoʻjalik institutini tugatgan (1948). 1948-84 y. larda Oʻzbekiston FA Oʻsimliklar genetikasi va fiziologi-yasi, Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi, Paxtachilik i. t. institutlarida ilmiy xodim, lab. mudiri (1965 y. dan), q. h. boshqaruvi idoralarida rahbarlik la-vozimlarida ishladi. VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi raisi oʻrinbosari (1984— 90), "Paxta" IIB bosh direktori (1990—92), Oʻzbekiston Paxtachilik i. t. instituti direktori (1992—95). 1995 y. dan Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi i. t. intida ilmiy maslahatchi va gʻoʻza mutagenezi lab. mudiri. Ilmiy ishlari gʻoʻza seleksiyasi, genetikasi, biologi-yasi, urugʻchiligi, agrotexnikasi va b. masalalarga bagʻishlangan. I. gʻoʻzaning serhosil va r-nlashtirilgan S—6029, S-6030, S-6037, S-6040, Termiz 14, Termiz 16, Qizil Ravot, S—2602, Uychi 2 va Andijon 60 navlarining hammuallifi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1987).

Manbalar[tahrir]

  • Ostroye oblucheniye rasteniy, mutagenez i seleksiya xlopchatnika, T., 1976; Otdalyonnaya gibridizatsiya xlopchatnika, izlucheniye i rekombinogenez, T., 1985.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil